O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son Qarorida oily ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari beligilangan bo’lib, har bir oily ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida o’quv jarayoniga xorijiy va respublikadagi turdosh hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali mutaxasislarni jalb qilish kabi bandlar mavjud. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasi Toshkent farmatsiya instituti «Tillar» kafedrasining «Ingliz tili» hamda “Lotin tili va farmatsevtik terminologiya” fanlarii professor-o’qituvchilari bilan ma’sofaviy ta’lim tizimini birinchi bor yo’lga qo’ygan holda on-line tarzda farmatsiya fakulteti 1 va 2-bosqich talabalari o’rtasida 2018 yilning 4 va 5-dekabr kunlari amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. On-line amaliy mashg’ulotni 4- dekabr kuni Toshkent farmatsiya instituti «Tillar» kafedrasining «Ingliz tili» fani o’qituvchisi Xilola Maqsudova va Andijon davlat tibbiyot instituti «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasining katta o’qituvchisi N.A.Mamatovalar “Classification of Plants” mavzusi bo’yicha va 5- dekabr kuni Toshkent farmatsiya instituti «Tillar» kafedrasining kata o’qituvchisi N.Suyndikov “III turlanishda otlar sredniy rod” mavzularida vidiodarslar o’tkazishdi. Amaliy mashg’ulotda Andijon davlat tibbiyot institutidan «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasining mudiri, dotsent L.S.Hudayberdiyeva, “Farmatsiya” yo’nalishi mas’uli dotsent Z.A.Ergasheva, o’quv bo’limi boshlig’i dotsent G.U.Nazarova va Toshkent farmatsiya institutidan sanoat farmatsiyasi dekani X.Sh.Ilxomov, «Tillar» kafedrasi mudiri dotsent S.Tuychiyeva, dotsent M.Toshxonov, katta o’qituvchilar D.Xudoyqulova, Sh.Matyusupova, o’qituvshilar F.Shirinova, Sh.Temirovalar qatnashishdi.
S.Tuychiyeva