Yarmarkada bir qator mutaxassilik kafedralari o‘zlarining loyiha dasturlari va patentlangan dori vositalarini ko‘rgazmada namoyish etishdi. Bu loyihadan asosiy maqsad yurtimizda kechayotgan isloxotlarga asoslangan xolda professor, dotsentlar, yosh olimlar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan yaratilgan bir qator dori turlari va ishlab chiqarishga tadbiq etish ko‘zda tutilgan dori shakllari va boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ishlanmalar namoyish etildi. Yarmarka ilmiy bo‘lim va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan xamkorlikda rektorimizning farmoishlariga asoslanib ko‘tarinki tarzda tashkil qilindi. Bunday ko‘rgazmadan asosiy maqsad mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining talablari asosida yangi istiqbolli dori turlari, ishlanmalar va malakali kadrlarni yetkazib berishdir.
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi F.Sh.Namozov