O‘zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishiga ulkan xissa kushgan va “O’zbek romanchiligining otasi” deb nom chikargan san’atkor A.Kodiriy 1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahrining Besh-Yog‘och daxasida bog‘bon oilasida dunyoga keladi.
Adib 1914-1915 – “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” she’rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chop etildi 1919-1920 – “O‘tkan kunlar” romanini yaratdi 1928 – “Mehrobdan chayon” asari yozib tugatildi 1934 – “Obid ketmon” qissasini yozdi. Adibning hayoti va ijodini xotirlab 2019-yil 22-yanvar kuni soat: 15-00 da Toshkent farmatsevtika institutining kichik faollar zalida institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi” va “Abdulla Qodiriy asarlarida o‘zbekona milliy urf-odat va qadriyatlarning yoritilishi” kabi mavzularda adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning ma’naviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish hamda yozuvchi tavalludining 125 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 1027-f-son Farmoyishi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 5-dekabrdagi 990-son buyrug‘iga asoslangan holda tashkil etildi.
Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Yuldashev Zokirjon Abidovich kirish so‘zi bilan ochib berdi va adib hayoti va ijodi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universitetining adabiyot nazariyasi va zamonaviy jarayon kafedrasi dotsenti O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Uzoq Jo‘raqulovning tashrifi amalga oshirildi va mehmon “Abdulla Qodiriy asarlarida o‘zbekona milliy urf-odat va qadriyatlarining yoritilishi”mavzusida talabalarga ma’ruza qildi. Shuningdek tadbirda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hodimlari, tillar kafedrasining professor-o‘qituvchilari, institut tarbiyachi pedagogi ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda jami 50 nafar talabalarni ishtiroki ta’minlandi.
Tadbir “madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Madaniyat yangiliklari” dasturi orqali yoritilshi ko‘zlandi. Shuningdek institut veb-saytida ham mazkur tadbir yoritildi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova