FITQ kafedrasida “Farmakoekonomika” fanida Vrachlar malakasini oshirish institutning Oftalmologiya kafedrasi yetakchi oftalmologi tibbiyot fanlar nomzodi dotsent Normatova Nargiza Mirshavkatovna tomonidan “Применение ингибиторов ангиогенеза в лечении диабетической ретинопатии у больных сахарным диабетом” mavzusida ochiq ma’ruza olib borildi. Ma’ruzada diabet kasalligi natijasida kelib chiqadigan ko`z kasalligi retinopatiyani davolash usullari haqida batafsil gapirib o`tildi va hamkorlik o`rnatish maqsadida ilmiy yo`nalishlar belgilab olindi. Ma`ruzada Fizika, matematika va axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri va FITQ kafedrasi o`qituvchilari va magistratura talabalari ishtirok etishdi.
FITQ kafedrasi mudiri f.f.n dotsent Sh. Z Umarova