Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Yaqin istiqbolli rejalar muhokamasi

$
0
0

2019 yil 27 fevral kuni soat  14:00 da  Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida institut rektori I.I.Alimdjanov   tomonidan yig‘lish tashkil etildi. Mazkur yig‘lishda institut rahbar hodimlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, murabbiylar kengashai raisi, Yoshlar ittifoqi b/t institut yetakchisi, kafedra mudirlari, ATM, ARM boshliqlari ishtirok etdilar. Muloqot  jarayonida o‘quv ishlari, ilmiy ishlar, ma’naviy ma’rifiy ishlar  shu bilan birga ichki monitoring nazorati, ta’lim sifati nazorati bo’limlari faoliyati bo‘yicha erishilgan yutuqlar va kamchiliklar  hususida  mulohazalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur bo‘lim boshliqlariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Yangi o‘quv yilidan o‘quv uslubiy rejalarni yangilab ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada yo‘lga qo‘yib ular bilan birgalikda o‘quv rejasini tuzish, soatlar taqsimoti, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish rejalashtirildi. Fakultet dekanlariga talabalarning davomatini muntazam nazorat qilish hamda davomati past talabalar hususida ma’lumot tayyorlash va mazkur talabalarga hayfsan e’lon qilish ta’kidlandi va rejaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan vazifalar yuklatildi.

Shuni ta’kidlash joizki, institut rektori I.I.Alimdjanov o‘z nutqida Sank-Peterburg davlat Kimyo-farmasevtika universiteti bilan onlayn ma’ruzalarni kafedralar kesimida tashkil etish,  kelgusi haftada Sank-Peterburg Kimyo-farmasevtika davlat universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich bilan onlayn anjuman bo‘lib o‘tishi hususida ta’kidladi. Shuningdek xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘iga ham tegishli vazifalar berdi. Majlis davomida yana ko‘plab masalalar ko‘rildi va tegishli hodimlarga vazifalar yuklatildi.

Shuningdek institut rektori I.I. Alimdjanov institutda uzoq muddat sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani lavozimida samarali xizmat qilgan X.Sh.Ilhomov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan M.Sh.Foziljonivaga Tashakkurnoma taqdim etdi.

2018 o’quv yilida Prezident va Ibn Sino stipendiyasi g’oliblariga ham institut rahbariyati tomonidan mahsus diplom taqdim etildi. Taqdirlash jarayoniga iqtidorli talabalarning oila a’zolari ham tashrif buyurib rahbariyatga va o’qituvchilarga hizmatlari, bergan bilmlari uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

     

     

     

     

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>