Yoshlar har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun ko‘plab qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan. Toshkent farmatsevtika institutida ham iqtidorli yoshlar talaygina bo‘lib ular o‘z iqtidorlarini yana bir bor namoyon etish maqsadida 2019 yil 2 aprel kuni “Yoshlar” telekanalining “Yangi kun” dasturida ishtirok etdilar. Toshkent farmasevtika institutining kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-kurs 501-A guruh talabasi, “Ibn Sino” stipendiyasi sohibasi Shahodat Fayzullaeva “Itburun,namatak mevasi, qumloq bo‘znochi guli va makkajo‘xori popugidan” o‘t haydovchi yig‘ma tayyorlash usulini ko‘rsatib berdi.
Shuningdek Toshkent farmatsevtika institutining 5- kurs farmatsiya fakulteti talabasi “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Abduxaliqova Nargiza “Dolchin va asaldan” immunitet ko‘taruvchi foydali yig‘ma tayyorlashni ko‘rsatib berdi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova