Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

«Talabalar ongiga tahdid soluvchi axborot hurujlarining oldini olish choralari»

$
0
0

Hozirgi globallashuv davrida mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jadallik bilan kechayotgan jarayondir. Hamkorlik aloqalari kuchayib barcha sohalar kabi madaniyat va ma’naviyatda ham aloqalar erkinligi yuzaga keldi. Natijada ijtimoiy hayotimizning ba’zi jabhalarida muammolarni keltirib chiqardi. G‘oyaviy bo‘shliq sabab jamiyatimiz, mentalitetimizga yot illatlarni kirib kelishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.

Birinchi Prezidentimiz bu borada “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida katta tashvish bilan ogohlantirishi bejiz emas: «Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, induvidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”. Yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar turli vositalar orqali jamiyatimizga kirib kelmoqda. Turli filmlar, kliplar,audio va videomateriallar, internet tarmog‘idagi materiallar orqali xavf solmoqda. Omaviy madaniyatning yoshlarga va jamiyatga halokatli ta’siri juda dahshatli. Bu birinchi navbatda oila,sadoqat vafo, do‘stlik kabi an’anaviy qadriyatlarning emirilishidir. Shuningdek, milliy urf-odat, an’analarni yo‘qotish evaziga jamiyatimizga yot bo‘lgan qadriyatlarni tiqishtirishga qaratilgan harakatlardir. Bulardan himoyalanish uchun yoshlarni mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, milliy-ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifalardandir.

     

Mazkur masalalarni atroflicha yoritib berish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2017 yil 14 mart kuni soat 12-00da “Talabalar ongiga tahdid soluvchi axborot hurujlarining oldini olish choralari” va “Talabalarda internet  va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent Islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Sagdiev Xabibullo Yodgorovich, Mirobod tumani IIB huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi katta inspektori, mayor Zaynutdinov Samariddin Baxriddinovich, Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi huqubuzarliklarning oldini olish bo‘limi inspektori, leytenant Isamutdinov Ravshan Raxmonovich hamda “Yoshlar” radiokanali jurnalisti Kumush Ziyodullaevalar ishtirokida davra suhbati tashkil etiladi.

     

Mazkur tadbir talabalarga turli ma’naviy tahdidlar haqida ma’lumot berish orqali ular bilan kurashish usullari va yo‘nalishlarini ochib berdi hamda yoshlarni  bugungi kun qadriga etishga, berilgan imkoniyatlardan  oqilona foydalana olish ko‘nikmasini yaratishga erishildi. Mazkur tadbir “Yoshlar” radiosi orqali 2017 yil 18 mart kuni soat: 17-00-dan 18-00 gacha olib boriladigan “Oqshomga qadar” eshittirishi orqali efirga uzatiladi.

     

Toshkent farmatsevtika instituti

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

 Ashurova Nigora Xayitovna


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>