Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi Farmatsevtik ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi dotsenti Maxatov Jaksylyk Baumanovich ToshFarmI Biotexnologiya kafedrasiga xalqaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, tajriba almashinish maqsadida tashrif buyurdi. Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Farmatsevtik biotexnologiya fanidan ma’ruza matnlari, taqdimotlar, fan va ishchi dasturlar, fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar, o‘quv adabiyotlarining elektron versiyalari taqdim etildi, kelajakda hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish, talabalarning malakaviy amaliyoti, professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi masalalari muhokama etildi.
Biotexnologiya kafedrasi