Toshkent farmatsevtika institutida 2017 yil 16 mart kuni soat 15-00da “Murabbiylar” kengashi, fakultet dekanlari tashabbusi bilan “Talabalarda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish”, “Talabalarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda “Murabbiylar” kengshai raisi M.A.Xodjaeva, farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov, “Kamolot” YOIH BT etakchisi O‘.J.Yunusov va talabalar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida “Murabbiylar” kengshai raisi M.A.Xodjaeva, farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur tadbir talabalarga turli ma’naviy tahdidlar haqida ma’lumot berish orqali ular bilan kurashish usullari va yo‘nalishlarini ochib berdi hamda yoshlarni bugungi kun qadriga etishga, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalana olish ko‘nikmasini yaratishga erishildi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.
Toshkent farmatsevtika instituti
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi
Abduraimova Arofat Uchqunovna