Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Shanba – ommaviy sport kuni” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son qarori bilan tasdiqlangan “2019-2022 yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlar dasturi” ning 16-bandi) ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 1 iyun kuni Toshkent farmasevtika institutida “Shanba – ommaviy sport kuni” shiori ostida institut professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Estafeta” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra  Farmatsiya fakulteti terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Sanoat farmatsiya fakulteti esa musobaqaning fahrli 2-o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunida g‘olib jamoa  va yakka tartibdagi g‘olib professor -o‘qituvchi va xodimlar diplom bilan taqdirlandilar. Yakka tartibda o‘tkazilgan “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha fahrli 1- o‘rinni  DVS va SM kafedrasi dotsenti Iminova Inoyat Melievna, 2- o‘rinni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim xodimi Mannanova Feruza Ziyovuddinovna hamda 3- o‘rinni Biotexnologiya kafedrasi assistenti Alimdjanova Lola Iskandarovnalar egalladi.

     

     

     


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>