O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan institut axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida bir qator amaliy ishlar olib borildi.
Ma’lumki, adabiyotlarga bo‘lgan talab kundan kunga ortib borayotgan bir paytda Toshkent farmatsevtika institutida talabalarning dars jarayonida olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, talabalarning manaviyatini va dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida institut Axborot – resurs markazi talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan institut foydalanuvchilari o‘rasida 2017 yil 14, 15, 16-mart kunlari “Kitobxonlik madaniyatini oshirish yuksaltirish – zamonaviy etuk kadrlar tayyorlashning muhim omili” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnoma Axborot resurs markazi xodimlarining faoliyati, mutolaa madaniyati va o‘z ishlariga bo‘lgan ma’sulyatlarini aniqlash bilan birga kutubxonaga kirayotgan talabalarning Axborot resurs markazida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar xamda darsliklar va badiiy adabiyotlardan qanchalik samarali va o‘z o‘rnida foydalanayotganliklarini ko‘rsatib beradi. So‘rovnomada 100 nafar talabalar ishtirok etishdi, ulardan turli xil talab va takliflar olindi. So‘rovnomani tahlil qilinganda talabalarning talab va takliflari o‘rganilib, ijobiy xulosaga kelindi.
Axborot resurs markazi