Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Institut 3 o‘quv binosida rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda

$
0
0

Institut hududida joylashgan 2 qavatdan iborat 3-o‘quv binosida  hozirda rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda. Mazkur bino  ichki devorlari, tom qisimlari  yangitdan  ta’mirlandi. Binoning demontaj ishlari yakunlanib binoning kirish qisimlariga ham o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bunday ulkan rekonstruktsiya ishlarining amalga oshirilishidan maqsad talabalarning zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalarida bilim olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari va albatta kelajakda o‘z  kasblarining yetuk mutaxassisi bo’lishlaridir. Muhtaram yurtboshimizning farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo’yicha qabul qilayotgan qarorlarida, ushbu tarmoqda izchil islohotlarni amalga oshirishda farmatsevtika kadrlarini har tomonlama bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va yurtimiz rivojiga munosib hissa qo’shadigan, fidoiy yoshlarni tarbiyalash Toshkent farmatsevtika institutining eng asosiy vazifasidir. Bunday keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish esa biz yoshlarning qo’limizdadir.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>