Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida institut kichik faollar zalida 2017 yil 21 kuni soat 12-00 da “Turli yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchi shifokori Siddiqova Shaxnoza Xojiakbarovna, Mirobod tumani markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasi onkolog shifokori Norboeva Ra’no Sherboevna, Mirobod tumani markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasi sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘yicha hashirasi Elaxunova Gulnoza Odiljon qizi ishtirok etdi. Tadbir jarayonida soha mutaxassislari tomonidan “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz!”, “Turli yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari” va “Sog‘lom turmush tarzi – kelajak asosi” mavzularida ma’ruzalar qilishdi. Tadbir natijasida talabalar turli yuqumli kasalliklarning oldini olishi, uning salbiy oqibatlari hamda talaba-qizlarni oilaga tayyorlash masalalari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir hamkorlari: Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti, Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi. Jami ishtirokchilar soni 70 nafarni tashkil etdi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi
Ashurova Nigora Xayitovna