
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi haqida.
Mamlakatimizning kelajagi yoshlar qo‘lida. Bas shunday ekan, ular tarbiyasiga yuksak mas’uliyat bilan yondashmoq joiz, deb tushuniladi va buyuk ma’rifatchi Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan so‘zlarini o‘zlariga shior qilib, talabalarning puxta bilim olishlariga erishish, ularga Prezidentimizning “farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi” degan hikmatli so‘zlari mohiyatini chuqur anglatish choralarini ko‘ra boshladi.
Darhaqiqat, jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol avlod ma’rifatga, madaniyatga intiladi. YUksak ma’naviyatli avlod mamlakat taraqqiyotini belgilaydi. Toshkent farmatsevtika institutida 1996 yil dekabr oyida “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi. Professor I.K.Azizov institutning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor etib tayinlandi. Shundan so‘ng mazkur vazifada dotsent O‘.A.Ahmedov (1997-1999 yillar), professor X.M.Komilov (1999 yil) faoliyat ko‘rsatdilar. SHu davr mobaynida institut professor-o‘qituvchilari talabalar o‘rtasida bir qator ibratli ishlarni amalga oshirdilar.
1999 yilning 29 dekabridan 2009 yilga qadar institutda ma’rifat – ma’naviyat ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida dotsent N.K.Olimov faoliyat ko‘rsatdi. 2009-2010 yillar davomida bu vazifani sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani dotsent A.A.Nurmuxamedov bajardi. 2010-2014 yillar davomida ma’naviy-ahlokiy tarbiya ishlari buyicha prorektor vazifasini dotsent K.K.CHo‘lponov bajarib keldi.2014 yil may oyidan hozirgi kungacha ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor vazifasida O.I.Xudoyberdiev ishlab kelmoqda.
Hozirgi kunda mazkur bo‘limda N.Salimsakova – bo‘lim boshliq, N.X.Ashurova – uslubchi va A. Abduraimova – kotiba lavozimlarida faoliyat yuritmokda. Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan har o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-son qarori hamda milliy mafkura, milliy g‘oyani shakllantirish va ularni yoshlar ongiga singdirish yuzasidan ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlariga asoslangan maxsus rejalar belgilanib, u Ilmiy Kengash yig‘ilishlarida atroflicha muhokama etilib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida to‘ldiriladi va rektorat tomonidan tasdiqlanadi. Institutda milliy istiqlol g‘oyasini talabalar ongiga singdirish o‘quv jarayonida eng ilg‘or uslubiy tajriba va yangi pedagogik texnologiyalaridan, soha olimlarining tashkilotchilik ishlari natijalarini hamda seminarlardan foydalanish choralari ko‘riladi. SHu maqsadda iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy o‘qish rejalashtiriladi. Mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilardan tashqari huquq – tartibot organlari vakillari, prokurorlar va boshqa mutasaddilarning “Ogohlikka da’vat” rukni ostidagi ma’ruzalari ham uyushtiriladi.
Talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari turli ko‘rinishlarda, zamonaviy texnikaviy usullardan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat kunlari”da muzeylarga ekuskursiyalar, tarixiy obidalarga ziyoratlar, ommaviy ravishda kinoteatrlar va teatrlarga tashriflar uyuishtirilmoqda, o‘ta muhim mavzularda sug‘batlar uyushtirilib, ularda multimediya, slaydlar, videofilimlar qo‘l kelmoqda.
Institut Ilmiy Kengashi majlisida to‘garaklar faoliyati maxsus muhokama etilib, ularni bugungi kun talablari darajasida ishlashi va ish samaradorligini oshirish choralari belgilanib, ular to‘liq amalga oshiriladi. SHuningdek, talabalarning ota-onalari bilan aloqani mustahkamlash maqsadida har chorakning ohirgi chorshanba kunida “ota-onalar kuni ”ni o‘tkazib turish ham yaxshi samaralar bermoqda. Bundan tashqari har chorakda bir marotaba fakultetlarning ma’naviy ahloqiy, tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari ishtirokida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tahlili va muommolari echimini topishga qaratilgan seminarlar ham o‘tkazilib turilmokda. Institutning ma’naviy-ma’rifiy ish rejasiga binoan yoshlarning o‘zligini anglashi borasida ham qator tadbirlar jumladan: “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai”, “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik”, “Milliy an’analarimizni o‘rganamiz”, “Ona allasining farzand tarbiyasidagi ahamiyati”, “Oila – muqaddas maskan” kabi mavzularda ham tadbirlar o‘tkazilmoqda. Keyingi yillarda talabalarda diniy ekstremizm va terrorizmning xavfi haqida, unga qarshi kurashi choralari xususida ham keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.
“Diniy ektremizm, terrorizm va uning oqibatlari” mavzulari turkumiga kiruvchi plakatlar, uslubiy qo‘llanmalar, videoroliklar va videotasmalar bilan etarli miqdorda ta’minlanayotganligi shu borada amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlardan bir ko‘rinishdir. Shuningdek, institutdagi “Munozara debat” kulubining yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga oid seminar-treting muloqatlar o‘tkazilishiga oid tegishli shart-sharoitlar yaratib berilgan. Institutda Toshkent Islom Universiteti, O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi va Toshkent shahrida joylashgan diniy tashkilotlar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tajribali mutaxassislari har oyda bir marotaba tashrif buyurib, talabalarga islom dini ezgulik, tinchlik, birodarlik, mehr-muruvvat va xayru saxovat dini ekanligi, unda qon to‘kish, odamlar o‘rtasida nifoq va ziddiyat solish, buzg‘unchilik amallari bilan shug‘ullanishning keskin qoralanganligini Qur’oni Karim oyatlari va hadislar misolida tushuntirib bermoqdalar.
Institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida Kasaba uyushmasi, “Ustoz-shogird”kengashi, “Kamolot” YOIH BT hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan bir qator chora-tadbirlar amalga oshrilib kelinmoqda. Har o‘quv yilida institut rahbariyati, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan a’lo baholar bilan o‘qiyotgan iqtidorli talaba-yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida professor “Mannon Azizov” nomidagi va “Dori-darmon”AK tomonidan ta’sis etilgan stipendiyalar talabalarga taqdim etiladi. Bu kabi e’tibor talaba-yoshlarni yanada izlanishga, o‘qib o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rahbariyati va “Kamolot” YOIH BT etakchilari tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Harbiy xizmatni imtiyozli yakunlab institutga o‘qishga qabul qilingan talaba-yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish masalalari ijobiy hal etilgan. Har o‘quv yilida talaba-yoshlarning yozgi ta’til vaqtida bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli tashkil etish borasida “Bunyodkor” mehnat otryadi tashkil etiladi va ularning ro‘yxati shakllantiriladi. Institut talaba- yoshlaridan tuzilgan “Bunyodkor” mehnat otryadi tomonidan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi va yoshlar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida institut Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Kamolot” YOIH BT etakchilari, Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy – siyosiy mavzularda yana bir qator tadbirlar ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilganligi ham diqqatga sazovordir.Bir necha yillardan beri an’anaviy tarzda “Tafakkur sinovlari”, “Soliq bilimdonlari”, “Quvnoqlar-zukkollar” tanlovlari tashkil etib kelinmoqda.Institut “Tafakkur sinovlari” jamoasi oxirgi yillarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.SHuningdek, talabalardan tashkil topgan teatr-studiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.U ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda sahnaviy ko‘rinishlar, spektakllardan parchalar ko‘rsatib barchani xushnud etmoqda.Teatr-studiyaga sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini Z.Mamatqulov boshchilik qilmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida institut professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalari O‘zbekiston teleradiokanalining “Nuqtai-nazar”, “Muloqot” telemuloqot ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “YOshlar” radiokanalining “Kun qiyofasi”, ”Biz va odamlar” eshittirishlarida turli xil mavzularga bag‘ishlangan eshittirish va ko‘rsatuvlarda muloqotlarda faol katnashib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etmoqdalar.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institut ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy ishlarni markazlashtirgan holda tashkil etishda jonbozlik qilib kelmoqda.