Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida “Dori vositalarining sanoat  texnologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari 310 guruh talabalari uchun qo‘shma sikl tashkil qildi.

$
0
0

2019-yil 14-oktabr kuni S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining texnologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, farmasevtika fanlari doktori Sh.N.Madraximov va Dori vositalaring sanoat  texnologiyasi kafedrasining dotsenti O.R.Raximova va dotsent v/b S.T.Sharipova rahbarligida farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 310  A va B guruh talabalari uchun “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan  “Bekarbon tabletkasini tayyorlash texnologiyasi” mavzusida qo‘shma sikl tashkil qilindi.

Mashg‘ulot davomida talabalar tabletka tayyorlash texnologiyasi bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Asosiy va yordamchi moddalarni elash, ularni aralashtirish, aralashmadan nam donadolash usulida presslanadigan massani tayyorlash, granulalarni quritish, hosil bo‘lgan massadan boshmoqli tabletka mashinasida tabletkalar olish kabi vazifalarni o‘z qo‘llari bilan bajardilar va keng amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

     

     

DVST kafedrasi mudiri, prof.: V.R.Xaydarov


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>