Institut hududidagi sport majmuasida joriy yilning 23 – 28 mart kunlari talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, yigit-qizlar o‘rtasida “Estafeta”, “Mini futbol”, “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “Armrestling” va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Institut qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda talaba – qizlar o‘rtasida “Estafeta” bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi :
I o‘rin – “Farmatsiya” jamoasi;
II o‘rin – “Sanoat farmatsiyasi” jamoasi;
III o‘rin – “Litsey” jamoasi.
Talaba-yigitlar o‘rtasida “Mini futbol” bo‘yicha musobaqada 1 – 4 kurslar terma jamoalari ishtirok etdilar. “Mini futbol” sport turi bo‘yicha 14 ta jamoa talabnomalar bilan 112 ta talaba-yigitlar qatnashdilar. 1 – 2 o‘rinni saralash olimpiada tizimida o‘tkazildi.
Musobaqa finalida 4 ta jamoa aylanma usulida o‘ynab, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – farmatsiya fakultetining 4 kurs “Farmatsevtlar” futbol jamoasi;
II o‘rin – “Qayta tayyorlash” futbol jamoasi;
III o‘rin – sanoat farmatsiyasi fakultetining 2-3 kurs talabalari “Farm Yunayted” va “Lester” futbol jamoalari.
“Arqon tortish” musobaqasida 12 ta viloyatlar kesimida 60 ta talaba-yigitlar ishtirok etdi.
Musobaqa qizg‘in va bahslarga boy bo‘lgan holda o‘tdi. Sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – Qashqadaryo viloyati talaba yigitlari;
II o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi talaba-yigitlari;
III o‘rin – Surxondaryo viloyati talaba yigitlari.
Talaba-yigitlar o‘rtasida 60 kg vazn toifasida “Armrestling” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
I o‘rin – Farmatsiya fakulteti 3 kurs 4/1 guruh talabasi Matniyozov Umar;
II o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 8/2 guruh talabasi O‘rinboev Muxriddin;
III o‘rin – Sanoat farmatsiyasi fakulteti 4 kurs 2 guruh talabasi Komilov Davron.
70 – 80 kg vazn toifasida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
I o‘rin – Farmatsiya fakulteti 1 kurs 5 guruh talabasi Maxmudov D.
II o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 8/1 guruh talabasi SHonazarov S.
III o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 4 guruh talabasi Xalimov O.
80 kg va undan yuqori kg vazn toifasida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 3 guruh talabasi Abduramanov Islom.
II o‘rin – Farmatsiya fakulteti 3 kurs 5 guruh talabasi Jumagaldiev Sardor.
III o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 4 guruh talabasi Xoshimov Lutfillo.
Talaba-yigitlar o‘rtasida (16 kg) “Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – Farmatsiya fakulteti 1 kurs 3 guruh talabasi Bo‘tayorov Soatmurod (89 marta);
II o‘rin – Farmatsiya fakulteti 2 kurs 3 guruh talabasi Abdiramonov Islom (59 marta);
III o‘rin – Farmatsiya fakulteti 1 kurs 5 guruh talabasi Maxmudov D (53 marta).
Talaba-yigitlar o‘rtasida “Voleybol” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2-bosqich 1 guruh jamoasi;
II o‘rin – Farmatsiya fakulteti terma jamoasi;
III o‘rin – Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1 kurs 4 guruh jamosi egalladilar.
Musobaqalar yakunida g‘olib talaba yigit-qizlar va jamoalar estalik sovg‘alari, kubok va I – II – III – darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.