Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

«Dentafill Plyuss» farmatsevtik korxonasi faoliyati xususida

$
0
0

2017 yil 26 aprel kuni «Dentafill Plyuss» farmatsevtik korxonasi hamda farmatsevtik apparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya “Romelag engineering” tamonidan tashkil etilgan “Zamonaviy qayta ishlangan farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan apparaturalar to‘g‘risida”gi seminar treningda institutimiz dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri, Farmatsevtika fanlari nomzodi Xaydarov Vosil Rasulovich xamda xalqaro bo‘lim boshlig‘i, Farmatsevtika fanlari doktori Ubaydullayeva Zebiniso Alisherovna faol ishtirok etdilar. Seminarni O‘zfarmsanoat DAK vakili ma’ruzasi bilan ochib berdi. Seminarda «Romelag engineering» farmatsevtik korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan qadoqlash mashinasi to‘g‘risida ma’ruza tinglandi. Jumladan, Bernd Hansen o‘zining “News from Rommelag”, Stefan Kiesel “Step by step to succeful validation” ma’ruzalari  bilan qatnashishdi. Shu bilan birga seminarda Boris Kovachich, Kxanifa Bastamkulova, Gerhard Schrammlar ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

     

Seminar davomida farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi dori vositalari qadoqlash materiallari hamda idishlari namunalari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Institutimiz vakillari seminar ishtirokchilari bilan o‘zaro tajriba  almashinishga erishildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>