Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Toshkent farmatsevtika institutining “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar”  X- Respublika yarmarkasidagi ishtiroki to‘g‘risida

$
0
0

2017 yil 10-12 may kunlari bo‘lib o‘tgan X- Respublika “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasida 5 ta yo‘nalishda 500 dan ortiq innovatsion g‘oya va ishlanmalar namoyish etildi. X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Toshkent farmatsevtika instituti olimlari “Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika” yo‘nalishida  7 ta yangi ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etishdi:

“Diabenit” kapsulalari. Preparat gipoglikepik, baquvvatlovchi, immunosti- mulyatsiyalovchi, jismoniy va aqliy ishlash qobiliyatini oshiruvchi vosita hisoblanadi.

“Mekritin” dori vositasining ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish. Mahalliy xom ashyo asosida olingan yallig‘lanish va gijja invaziyasiga qarshi preparat hisoblanadi.

“Meloksikam” 7,5 mg tabletkalari. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vosita, revmatoid  artritni simptomatik davolashda, osteoartritlar, artrozlar, bug‘imlarning degenerativ patologiyalarining og‘riq sindromlarida qo‘llash tavsiya qilinadi.

“Dermostop” surtmasi. Mahalliy yallig‘lanishga qarshi va to‘qimalar regeneratsiyasini stimullovchi vosita bo‘lib, dermatozlar, surunkali vena qon aylanishi buzilishiga oid trofik yaralar, kuygan yaralar, diabetik oyoq kaft sindromi oldini olish va davolashda tavsiya etiladi.

 “Diabefor” kapsulalari. Tabiiy o‘simlikdan olingan gipoglikepik ta’sirga ega dori vositasi bo‘lib, qondagi qand miqdorini kamaytiradi, qandli diabet II tipi kasalligini davolashda qo‘llaniladi

Tuklibargli xandeliya gulining suyuq ekstrakti. Taklif etilayotgan suyuq ekstrakt shamollashga qarshi ta’sir ko‘rsatib, revmatoid va reaktiv artritlarda, osteartrozlarda ishlatiladi.

Kobalt-30 kapsulalari. Kobalt -30 ning yangi dori shakli ikkilamchi leykopeniya, nur va kimyoviy terapiyadan kelib chiqqan xavfli o‘simtalar, hamda leykopoezni buzilishi bilan kechadigan qon va ishlab chiqaruvchi a’zolar patologiyasida ishlatishga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, yosh olim va talabalarning ilmiy ishlanmalari qatorida “Portulak (lot. Portulaca oleracea) o‘simligidan quruq ekstrakt va kapsula dori shaklini olish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash”, “Bosh barmoqning noto‘g‘ri rivojlanganligi hamda bolalarda yassi oyoqlik kasalligining oldini olish va davolash uchun ortopedik biriktirgichlar va tagliklar” va “Varikoznet” geli – antitrombogen vositasi” bilan qatnashildi.

 X Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida farmatsevtika korxonalari bilan 604 000 000 so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Yarmarkada faol ishtirok etgan innovatsion ishlanmalar mualliflari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Faxriy yorliqlari bilan mukofotlandilar. Shuningdek, 3 kurs talabasi Mirxo‘jaev A. “Talabalarning eng yaxshi innovatsion g‘oyasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, faxriy yorliq va sertifikatlar (3 mln. so‘mlik va 1 yil davomida internet tarmog‘iga bepul ulanish) bilan taqdirlandi.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>