Toshkent farmatsevtika institutining
2017 yil _____ maydagi ______ son
buyrug‘iga 1-ilova
Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida
o‘tkaziladigan “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovining
NIZOMI
I.Umumiy qoidalar
1.1. O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Vasiylik Kengashining 2017 yil 26 apreldagi 70-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 46-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
1.2. “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovida talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishadi.
1.3.Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tanlovda talaba-yoshlarning ishtiroki ta’minlanadi va muvofiqlashtiriladi.
II.Tanlovning maqsadi va vazifalari
2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat:
– mustaqillik yillarida mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, badiiy asarlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni hamda jamiyatimizda yuksak ma’naviyatni shakllantirish va mustahkamlashda badiiy asarlar roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;
– ijodkorlar tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirib borish, ularda kitobni mutolaa qilish, tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil fikr bildirish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
– yoshlar o‘rtasida kitobxonlik harakati targ‘iboti ta’sirchanligini yanada oshirish;
– kitobning yosh avlodni har tomonlama etuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati to‘g‘risida talabalarning tasavvurlarini yanada boyitish;
– iste’dodli va iqtidorli talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka etkazish, kitobxon ma’naviy ehtiyojlarini aniqlash va ularni rag‘batlantirish;
– kitob targ‘iboti orqali yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy ishlardagi faolligini yanada oshirish.
III. “Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
bosqichlari va muddatlari
“Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovi uch bosqichda o‘tkaziladi:
– 2017 yil 5 iyunga qadar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi tanlovning saralash bosqichi;
– 2017 yil 20 iyunga qadar saralash bosqichi g‘oliblari o‘rtasidagi tanlovnnig hududiy bosqichi;
– 2017 yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida hududiy bosqich g‘oliblari o‘rtasidagi tanlovning yakuniy respublika bosqichi.
IV. “Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
tartibi va shartlari
Institut talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
– “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi;
– “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi;
– “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi;
– “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi;
– “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi.
V. Tanlov shartlarini baholash mezonlari
- “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishida talabalar o‘zlarining maqolalari bilan ishtirok etadi. Maqolalar tanlov jarayonida yoziladi va quyidagi shartlar bo‘yicha baholanadi:
– mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
– mavzuni yoritishda badiiy adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
– mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
– mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;
– mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning echimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi.
Maqolani yozish uchun 45 daqiqa vaqt beriladi va mazmun-mohiyati sharhi uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi va har bir shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
- “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishida talabalar o‘zi o‘qigan badiiy asar bo‘yicha ishtirok etadi va quyidagi shartlar bo‘yicha baholanadi:
– kitoblar targ‘iboti bo‘yicha chuqur bilimga egaligi;
– badiiy asarlar mazmun-mohiyatini tahlil qilish, unda bayon etilgan voqea-hodisalarni talqin etish ko‘nikma va malakasiga egaligi;
– nutqiy mahorati, ta’sirchan uslublarda etkaza olish tajribasi hamda targ‘ibot jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish mahorati;
– asarlardan foydalangan holda insonparvarlik, xolislik, fidoyilik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib eta olishi;
– asarni targ‘ib qilishda zamon va makon uyg‘unligi, jumladan, yoritayotgan badiiy asarning o‘zi yashab turgan hudud hayoti bilan bog‘lay olish darajasi.
Ishtirokchilar chiqishlari uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi va har bir shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
- “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi bo‘yicha yosh ijodkor talabalar o‘zlarining she’r, hikoya, masallar, ocherk, reportaj, esse kabi ijod mahsuli bilan qatnashadilar. Ularning chiqishlari quyidagi shartlarda baholanadi:
– Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlari, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati o‘ziga xos uslubda ifoda etilishi;
– mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ezgu ishlarning tarannum etilishi;
– ijodiy ishlarning o‘ziga xosligi va uslubiy rang-barangligi;
– ijodiy ishlari talab darajasida yoritilganligi.
Ishtirokchilar chiqishlari uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi va har bir shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
- “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishida talabalar jamoa (jamoa tarkibi 8 nafargacha bo‘lishi mumkin) shaklida biror badiiy asardan sahna ko‘rinishi bilan ishtirok etishadi va ularning chiqishlari quyidagicha baholanadi:
– ko‘tarilayotgan mavzuning dolzarbligi;
– ajdodlarimiz va zamonamiz qahramonlari faoliyatlari yoritilishi;
– tarbiyaviy ahamiyati;
– yaratilgan obrazlar ijrosi;
– sahna asari uchun ishlangan dekoratsiyalar.
Ishtirokchilar chiqishlari uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi va har bir shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
- “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘z chiqishlarida yoshlarda Vatanga sadoqat, uning daqdiri uchun dahldorlik, odob-axloq tarbiyasi, tariximiz, ajdodlarimiz merosi, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida mazmunan teran, xalqimiz ma’naviy mulkiga aylangan asarlardan yaralgan qo‘shiqlar ijrosi namoyish etiladi. Ijro quyidagi shartlarda baholanadi:
– qo‘shiq matni;
– qo‘shiq bilan kuy hamohangligi;
– ishtirokchilarning ijro mahorati;
– ijrochining sahna madaniyati.
Ishtirokchilar chiqishlari uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi va har bir shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
VI.Tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
6.1. Tanlovnnig saralash va hududiy bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruhlari tuziladi. Ishchi guruhlarga tanlovning saralash va hududiy bosqichlarini o‘tkazilishi belgilangan oliy ta’lim muassasalari retkorlari rahbarlik qiladi va yuqori saviyada tashkil etilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Barcha bosqichlar bo‘yicha soha olimlari, mutaxassislari, taniqli ijodkorlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi. Hakamlar hay’ati tarkibi har bir yo‘nalish bo‘yicha tuziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha hakamlar soni 3-5 nafar bo‘lishi mumkin.
6.2. Talabalar tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan ijodiy ishlar Nizomda ko‘rsatilgan tanlov shartlari asosida aniqlanadi va baholanadi.
6.3. Tanlovning saralash bosqichi o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlov yakunlari bo‘yicha hujjatlar hududiy bosqich o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasiga tanlov o‘tkazilganidan so‘ng ikki kun muddatda etkaziladi.
6.4. Tanlovning uchinchi bosqichi (yakuniy)ni tashkil etish va o‘tkazish ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
VII.Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
7.1. Tanlovning institut bosqichida ishtirok etgan talabalar, har bir yo‘nalish bo‘yicha moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Hamda diplom (darajali) va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
“Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – 500.000 (besh yuz ming ) so‘m;
2-o‘rin – 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 300.000 (uch yuz ming) so‘m.
“Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – 500.000 (besh yuz ming ) so‘m;
2-o‘rin – 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 300.000 (uch yuz ming) so‘m.
“YOsh ijodkor talaba” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – 500.000 (besh yuz ming ) so‘m;
2-o‘rin – 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 300.000 (uch yuz ming) so‘m.
“Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – 500.000 (besh yuz ming ) so‘m;
2-o‘rin – faxriy yorliq bilan mukofotlanadi
3-o‘rin – faxriy yorliq bilan mukofotlanadi
“Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – 500.000 (besh yuz ming ) so‘m;
2-o‘rin – 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 300.000 (uch yuz ming) so‘m.
7.2. Tanlovning saralash va hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar mas’ul oliy ta’lim muassasalalari tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha diplom (darajali) va faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantiriladi.
7.3. Tanlovning uchinchi – respublika yakuniy bosqichi g‘oliblari har bir yo‘nalish bo‘yicha moddiy va ma’naviy (diplom (darajali) va faxriy yorliqlar) rag‘batlantiriladi.