Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

“Dori-darmon” AK da institutning farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi filiali ochildimi?

$
0
0

2017 yil 31 may kuni soat 11-00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 22 apreldagi 07/1-845-sonli topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 apreldagi 244-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida   “Dori-darmon” AK  bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan farmatsevtika  ishini tashkil qilish kafedrasining filiali ochildi. Institut talabalarining mazkur fan bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatini yaratish bilan birga ularga malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Tadbirda “Dori-darmon” AK  boshqaruv raisi A.Komilov, institut rektori professor X.K.Djalilov, institut farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani  professor H.S.Zaynutdinov hamda farmatsevtika  ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri SH.Z.Umarovalar so‘zga chiqib, mazkur hamkorlikni mamlakatimiz farmatsevtika sohasini rivojlantirishda katta hissa qo‘shishiga umid bildirishdi.

     

     

     

 

        Ma’naviyat-marifat bo’limi boshlig’I                                                                               N.S.Salimsakova

        FITQ kafedrasi assistenti                                                                                                   Z.U.Mamatqulov


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>