Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

“Dori-darmon” AK va “Professor Manon Azizovich Azizov” stipendiyasi sohibasi Shahodat Fayzullaeva

$
0
0

Shahodat Fayzullaeva 2014 yilda Toshkent farmatsevtika institutining farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

2015-2016 o‘quv yilida  Fayzullaeva Shahodat Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi  tomonidan ta’sis etilgan “Professor Manon Azizovich Azizov”  nomli stipendiyasini qo‘lga kiritgan. 2016-2017 o‘quv yilida esa “Dori-darmon” AK tomonidan ta’sis etilgan “Dori-darmon” stipendiyasi  sovrindori bo‘lgan.

Hozirgi kunda “Kamolot” YoIH BT kengash tarkibida “axborot-tahlil” yo‘nalishi sardori hisoblanadi. Boshqa yo‘nalish sardorlariga ham o‘z yordamini ayamay birgalikda “Kamolot” YoIH BT yuksalishi uchun faoliyat olib bormoqda.

2016-yil O‘zbekiston Xalq  demokratik  partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanoti tomonidan o‘tkazilgan «Yosh siyosatchi-2016» ko‘rik tanlovining tuman bosqichida 2-o‘rinni egallab, II darajali diplom bilan taqdirlangan.

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etgan.

2014-2015 va 2015-2016 o‘quv yillarida farmatsiya fakulteti dekanati tomonidan “Eng yuqori o‘zlashtirish va davomat ko‘rsatkichiga ega talaba” hamda o‘quv yili davomida namunali xulqi, tashabbuskorligi, jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Bundan tashqari guruh ijtimoiy hayotida ham faol qatnashadi. Insitutda u tahsil oladigan kasb ta’limi 1\1 guruh talabalari “Eng yuqori o‘zlashtirish va davomat ko‘rsatkichiga ega akademik guruh” hisoblanadi..

Respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Yosh olimlar” ilmiy-amaliy konferensiyasi a’zosi bo‘lib, 2015-2016 va 2016-2017 o‘quv yillarida Termiz Davlat universitetida o‘tkazilgan konferensiyalarda faol qatnashib, I darajali diplom bilan taqdirlangan. Bundan tashqari Respublika o‘tkaziladigan boshqa konferensiyalarni ham faol ishtirokchisi.

U farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent F.S.Jalilov rahbarligida depressiya kasalligini davolashda dori preparatlar monitoringini amalga oshirish va ularning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish maqsadida “Antidepressant dori vositalarining kimyo-toksikologik tahlil usullarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqda.

     


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>