Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Institut psixologi K.B.Axrorova tomonidan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida seminar-trening tashkil etildi

$
0
0

 Insonning shaxs xususiyatlari hamda psixologik salomatligining ko‘rsatkichlari  kasbiy sifatlariga va faoliyat samaradorligiga bevosita ta’sir etishi psixologik tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Shu bois kasbiy faoliyat davomida mehnat jamoasining psixologik salomatligini va funksional holatini me’yorda saqlab turish faoliyatning muvaffaqiyatliligiga samarali ta’sir etadi. Toshkent farmasevtika institutining fizika va matematika kafedrasi, Farmakognoziya kafedrasi o‘qituvchilari funksional xolatini yaxshilashga va ularda stressli vaziyatlarga chidamlilikni oshirishga qaratilgan psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningni institut psixologi K.B.Axrorova olib borib, tadbir davomida avvalambor “stress” va “emotsional barqarorlik” haqida, pedagogik jamoada uchrashi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar hamda ularni hal qilishning konstruktiv usullari xususida ma’lumot berildi. Ishtirokchilarda psixologik yoshni va nerv-psixik barqarorligini aniqlovchi proektiv  metodikalar o‘tkazildi. Metodika natijalariga ko‘ra, nerv-psixik beqarorligi nisbatan yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘qituvchilarga qo‘imcha tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng relaksatsion va psixik zo‘riqishlarni kamaytiruvchi mashqlar va kayfiyatnpi ko‘tarishga qaratilgan psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova 

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>