O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
XABARNOMA
Xurmatli xamkasabalar!
Sizni 2017 yil 16-17 noyabrda Toshkent farmatsevtika institutida o‘tkaziladigan “Farmatsiya: fan, ta’lim, inovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif qilamiz.
ANJUMAN DASTURI:
- farmatsevtik ta’lim sohasidagi islohot, yutuqlar, muammolar, kelajak rejalari;
- sanoat farmatsiyasidagi dolzarb muammolar;
- farmatsiyada marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustivor yo‘nalishlari;
- dori vositalari sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatlash;
- yangi dori vositalarini yaratish;
- farmakologiya va klinik farmatsiya;
- sud va klinik toksikologiya.
Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar va ishtirokchi qaydnomasi «anjuman» belgisi bilan pharmi@pharmi.uz elektron manzilga jo‘natilishi lozim. Materiallarni qabul qilishning oxirgi muddati 2017 yil 15 sentyabr.
Bir muallif uchta maqolada ishtirok etishi mumkin.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
Anjumanni tashkiliy masalalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ilmiy bo‘lim boshlig‘i, f.f.d. Farmanova N.T.ga murojaat qilish mumkin.
Manzil: 100015, Toshkent sh., Oybek ko‘chasi, 45.
Toshkent farmatsevtika instituti
Tel.: (+99871) 256-39-54, 256-37-38
Faks: (+99871) 256-45-04
E-mail: pharmi@pharmi.uz
Ishtirok etish qoidalari
Anjumanda ishtirok etish uchun «Ishtirokchining qaydnomasi»ni 2017 yil 15 sentyabrgacha pharmi@pharmi.uz elektron manziliga jo‘natish lozim. Elektron xatning «Mavzu» satrida «Anjumanga ….dan» deb ma’ruzachining f.i.sh keltiriladi. Mualliflar soni bir nechta bo‘lsa, qaydnoma faqat ma’ruzachi nomiga to‘ldiriladi.
“Farmatsiya: fan, ta’lim va ishlab chiqarish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ISHTIROKCHISINING QAYDNOMASI*
Ma’ruzachining familiyasi, ismi, sharfi_______________________________________
OTM (muassasa) _____________________________________________________________
Kafedra____________________________________________________________________
Lavozimi ,ilmiy darajasi, unvoni____________________________________________
Ish manzili ________________________________________________________________
Muloqot telefonlari_______________________________________________________
E-mail______________________________________________________________________
Ma’ruza nomi_______________________________________________________________
Texnika vositalarga extiyojlik (nomi ko‘rsatilsin) ___________________________
Sana_______________________________________________________________________
* Institut xodimlaridan tashqari barcha ishtirokchilar tomonidan to‘ldirilishi lozim
Maqolalarni rasmiylashtirish qoidalari:
1.Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
2.Maqolalar matni va qaydnoma shakli A4 formatda, Times New Roman redaktorida, 14 shriftda, 1,0 interval oralig‘ida, xoshiyasi har tomondan 2 sm satr bo‘yicha tekislab, abzatssiz 2 bet yoziladi, rasm, grafik va jadvallar pdf. formatida keltirilishi kerak.
3. Konferensiya materiallari 2 nushada qog‘oz varianti va elektron shakli Microsoft Word RTF formatida keltirilgan manzilga yuboriladi yoki E-mail: pharmi@pharmi.uz orqali «konferensiya» belgisi bilan 2017 yil 15 sentyabrgacha jo‘natiladi.
4. Faylda faqat bitta maqola bo‘lib, birinchi muallif FISH bilan nomlanishi lozim.
5. Oldin mualliflarning ismi, sharfi, familiyasi, maqolaning nomi katta xarflar bilan, qora shriftda abzatssiz yoziladi, so‘ngra oliy ta’lim muassasaning nomi, shahar, mamlakat nomi, elektron pochta manzili va telefonlari qisqartirilmasdan kichik xarflar bilan yoziladi.
6. Matnda ishning maqsadi, materiallar va metodlari, natijalari va xulosalar keltiriladi (barchasi abzatssiz kichik qora xarflarda ikki nuqtadan keyin yoziladi). Matnda rasm, jadval va chizmalar pdf. formatida keltirilishi kerak. Maqolaning so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi (3 ta dan ko‘p bo‘lmagan manba alfavit tartibida keltirilishi kerak).
Talablarga javob bermagan materiallar tashkiliy qumita tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va qaytarilmaydi!
Materiallarni tanlab olib chop etish xuquqi tashkiliy qumitada qoldiriladi!
NAMUNA
Abduraxmanova N.A., Ibragimov A.Y., Qaxxorov S.A.
MAHALLIY O‘SIMLIKLAR XOM ASHYOSI ASOSIDA O‘T XAYDOVCHI YIG‘MA TARKIBINI TANLASH
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi
E-mail: pharmi@pharmi.uz
Ishning maqsadi:
Materiallar va metodlar:
Natijalar:
Xulosalar:
Adabiyotlar: