Assalomu alaykum, hurmatli OTA va ONAlar!
Sizni mustaqilligimizning 26 yillik bayrami bilan hamda farzandingizni Toshkent farmatsevtika institutiga talabalikka qabul qilinganligi bilan samimiy muborak etamiz!
Farzandingizga Toshkent farmatsevtika institutida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha to‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Sizning Vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizga ishonamiz.
Hurmat bilan
Toshkent farmatsevtika
instituti rektori
X.K.Djalilov