Hurmatli do‘stlar, hamkasblar! Ibn Sino jamoat fondi va Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi hamkorligida Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tadi:
- Ibn Sino va O‘rta asrlar Sharqi olimlari ilmiy merosining farmatsiya shakllanishiga qo‘shgan xissasi.
- Innovatsion dori preparatlari, kosmetika va biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqish, ularning sifatini ta’minlash.
- Dori vositalarini standartlash, farmatsevtik va toksikologik kimyoviy taxlil.
- Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini o‘rganish va fitopreparatlar yaratish istiqbollari.
- Tabiiy va sintetik birikmalar, dori vositalarning farmakologik tadqiqotlari.
- Dori vositalarini yaratish, sotish va ulardan foydalanish bosqichlarida farmako-iqtisodiyot.
- Farmatsevtik biotexnologiya, dorivor o‘simliklar biotexnologiyasi. Farmatsevtik sanoatda nanotexnologiya.
Qachon: 2020 yil 22 may soat 10:00 da Toshkent vaqti bilan (UTC+05:00)
Qaerda: ZOOM dasturida internet orkali onlayn (distansion) tarzda
=>>Anjumanga bog‘lanish uchun shu yerni bosing<<=
Anjuman identifikasiya nomeri: 526 496 4766
Parol: 22052020
Anjuman materiallari ilmiy to‘plamda nashr etiladi.