Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik trening o‘tkazildi

$
0
0

2020-yil 19-iyun kuni institutning  xorijiy talabalari  ya’ni Turkmanistonlik talabalar bilan institut psixologi K.Axrorova va tarbiyachi-pedagog N.Yusupova seminar trening o‘tkazdilar. Trening davomida talabalarga  insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga xos  ruhiy hodisalar kabi psixologik jarayonlarning  faoliyati haqida to‘xtalib, talabalarnihg harakter xususiyatlari, qiziqishlari  yuzasidan munozara o’tkazildi.
Shuni ham aytishimiz joizki, Toshkent farmaysevtika instituti talabalar turar joyida yashayotgan xorijiy yoshlarimiz uchun institut rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yoshlar bilan ishlash prorektori O.IXudoyberdiyev, institut tarbiyachi pedagogi N. Yusupova, fakultet dekanlari hamda talabalar turar joyining mas’ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda xorijiy talabalarimizning holidan xabar olinmoqda va kamchiliklari bartaraf etilmoqda. Ularni bo’sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish maqsadida o’tkazib borilayotgan uchrashuvlar va treninglar so’zimiz dalilidir.

Institut matbuot kotibi

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>