Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan xalqimizga qilayotgan fidokorona mehnatlari uchun qator soha va’killari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan taqdirlandilar. Shu qatorda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʼrsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhi ham mukofotga loyiq deb topildi.
Ular orasida Toshkent farmatsevtika instituti rektori Rizaev Kamol Saidakbarovich ham ta’kid etildi.
Qisqa muddat bo’lishiga qaramasdan faoliyatiga bo’lgan mas’uliyati, fidokorona mehnatlari uchun Toshkent farmatsevtika instituti rektori Rizaev Kamol Saidakbarovich
“Sodiq xizmatlari uchun”medali bilan taqdirlandi.
Institut jamoasi nomidan Rizaev Kamol Saidakbarovichni
erishgan mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi