Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Konferensiya o‘z ishini davom ettiradi.

$
0
0

     

     

Toshkent farmatsevtika institutida  joriy yil 17-noyabr kuni “Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan XV-ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini sho‘‘balarda davom ettirdi. Tadbir doirasida Guanjou fan va texnologiya instituti assistenti Tay Yong Kim, Koreya Xalqaro Universiteti xodimlari Son – Kui Pak va Kixo Li tomonidan institut yosh olimlar, iqtidorli talabalari uchun ma’ruzalar hamda master-klass tashkil etildi. Koreya xalqaro universiteti etakchi professorlaridan bo‘lgan Son – Kui Pak universitetning 100 yildan oshgan ko‘hna tarixi, farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim tizimi, universitet haqida talaygina ma’lumotlar keltirib o‘tdi. Koreya universitetda o‘qitiladigan fanlar, u yerda o‘z faoliyatini olib boradigan professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim yo‘nalishlari haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

     

Professor Son-Kui Pakning ta’kidlashicha, Koreya universitetida ham Toshkent farmatsevtika institutidagi kabi fanlar o‘qitilar ekan. Bunga misol tariqasida mikrobiologiya, organik kimyo, fizik kimyo, toksikologik kimyo va boshqa fanlarni keltirish mumkin. Umumiy o‘quv jarayoni 4 yilni tashkil etar ekan. Bu vaqt davomida talabalar har bir o‘quv yili davomida ma’lum fanlarni o‘zlashtirib, yakuniy kursda bitiruv imtihonlarini topshirib yetuk mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlarini aytib o‘tildi. Ma’ruzada ishtirok etgan institut proqfessor-o‘qituvchilari hamda talabalari Koreyadan tashrif buyurgan professorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, qoniqarli javoblarni oldilar. Ma’ruza yakunida Koreya Xalqaro Universiteti professorlari bilan bizning iqtidorli, bilimga chanqoq talabalarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lansa bo‘ladigan elektron manzil hamda telefon raqamlari bilan almashdilar.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>