“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ 2854-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘chmas sharaf”mavzusida institutda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent arxitektura va qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori T.T.Alimardonov, Siyosiy fanlar doktori, professor F.R.Ravshanovlar ishtirok etishdi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Siyosiy fanlar doktori, professor F.R.Ravshanov– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2016-yil 18-noyabrda Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida «Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi», deb ta’kidlagani, 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ 2854-sonli qarori chiqqanligini aytib o‘tdi.
Toshkent arxitektura va qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafed rasi professori, siyosiy fanlar doktori T.T.Alimardonov – o‘z ma’ruzasida tadbir ishtirokchilariga Sharof Rashidov hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlab yozgan “O‘chmas sharaf” nomli ilmiy monografiyasini taqdim etdi. Ushbu mografiyaning yozilish tarixi va monografiyada e’tiborgan olingan mavzular haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Shu kunlarda o‘zbek xalqining buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi va benazir inson Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanayotgani, murakkab, shu bilan birga, sharafli hayot yo‘lida o‘zbek xalqining XX-asrdagi taqdiri o‘zining yorqin ifodasini topgani haqida fikr bildirdi
Tadbirda “Bo‘rondan kuchli” nomli xujjatli filmi namoyish etildi. Tadbirda bir qator talabalar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.