Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

1-dekabr – “OITSga qarshi kurash kuni”

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 3-maydagi 87-02-1339-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 1-dekabr – “OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan 2017-yil 1-dekabr kuni soat:14-00da institut faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, tibbiy ko‘rikning sog‘lom hayot kechirishda tutgan o‘rni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “OITSga qarshi kurash choralari”, “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Respublika OITSga qarshi kurash markazi vrach epidimiologi Ochilov Akmal Omonovich, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mas’ul xodimi Akromova Dilobar Ahmadovna, Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoat sog‘liqni saqlash maktabi dotsenti Qosimova Dilfuza Abrorovna, Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti shifokori Qambarova Mohira Xasanovna, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Suhbat jarayonida talabalar o‘rtasida OITS kasalligining kelib chiqish omillari, oldini olish choralari, oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bunda ayollarning roli xususida so‘z yuritildi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir tashkilotchilari: Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiyasi kafedrasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda fakultet dekanlari.

Tadbir hamkorlari: Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoat sog‘liqni saqlash maktabi, Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti.

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>