Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

“9 dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

$
0
0

     

Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respblkasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3371s-sonli qarori bilan tasdiqlangan “BMTTDning tinch va inklyuziv jamoalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish global loyihasi (ACPIS) (2017-2020 yillar) doirasida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat va chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi”ning 12-bandida “9-dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri 2017-yil  13-dekabrda bo‘lib o‘tdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida institut rektori professor H.K.Djalilov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyevlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda institut rektori quyidagilarga e’tibor qaratdi: har yili dunyo bo‘ylab, 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 9-dekabr Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb e’lon qilindi. Bugunga kelib, 172 davlat mazkur Konvensiyaga a’zo hisoblanadi. 2008-yil 7-iyulda O‘zbekiston Respublikasining «BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi ortidan davlatimiz ushbu g‘ayriijtimoiy illatning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.Hozirgi kunda mamlakatimizda mazkur illat bilan kurashish davlatimizning asosiy vazifalaridan ekanligi haqida gapirib o‘tdi.Talabalar bilan ochiq muloqotda institutda olib borilayotgan barcha ishlarni ochiqlik, shaffoflik asosida tashkil qilinishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Institut rasmiy web-sayti orqali virtual qabulxona haqida gapirib o‘tdi.

Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev institutda huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib huquqiy savodxonlik hozirgi davr talabi ekanligini ta’kidladi.U institutda talabalar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Institutda institut rahbarlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash maqsadida virtual qabulxona tashkil etilganligi, “Ishonch qutisi”ning faoliyat yuritishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha ishchi gurug‘h faoliyat olib borilishi  haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi.

     

     

Institut axborot resurs markazida “9-dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, gazeta-jurnal materiallari o‘rin oldi.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>