Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Diqqat tanlov !!!

$
0
0

Toshkent farmatsevtika institutining

2018-yil ____ yanvardagi _____ – sonli

buyrug‘iga  1-ilova

 

Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan

 “Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi maqolalar tanlovi Nizomi

 

I.Umumiy qoidalar

1.1.Mazkur tanlov O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Kitob mutoolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi  10-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

1.2.“Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi maqolalar tanloviga institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

1.3.Tanlovning institut bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

II.Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1.Tanlovning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish, institutda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

2.2.Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

-talabalar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish;

-institutda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;

-talaba-yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

-yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash;

-“Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi maqolalar talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish;

III.Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddati

3.1.“Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi maqolalar tanlovi uch bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich  – institut bakalavriyat va magistratura ta’lim bosqichlarining barcha guruhlari talabalari o‘rtasida 2018-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi bosqich – institut miqyosida fakultetlar o‘rtasida joriy yilning fevral oyida o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari institut rektori tomonidan maxsus diplom va moddiy rag‘batlantiriladi. Shuningdek, ularning ijodiy ishlari institut rasmiy veb-saytida keng yoritilib beriladi.

VI.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

4.1.Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha institut rektori buyrug‘i bilan Ishchi guruhi va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.

4.2.Talabalar tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan ijodiy ishlar fakultetlar va institut kesimida tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari asosida baholanadi.

4.3.Tanlovning uchinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida tashkil etilgan vazirlik Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovning yakuniy bosqichi g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha Hakamlar hay’ati tuziladi. Hay’at tarkibiga soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.

V.Tanlov shartlari va baholash mezonlari

5.1.Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

-mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

-ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

-mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanilganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

-mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;

-mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;

-mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi.

5.2.Ijodiy ishlarning har bir sharti 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 60 ball).

VI.Hujjatlarni taqdim etish tartibi

 6.1. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida ham yozilishi mumkin) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi va matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. Maqolalar 5 betdan oshmasligi kerak. Yozma materiallarda talabalarning  o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi hamda telefon raqami to‘liq ko‘rsatiladi.

6.2. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

6.3.Institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1- va 2-o‘rinni egallagan talabalarning hujjatlari (Institut Tashkiliy qo‘mitasi bayonnomasi va qarori, g‘olib bo‘lgan talabaning xakamlar hay’ati tomonidan baholangan ijodiy ishlari va 10×15 hajmdagi fotosurati) Respublika tashkiliy qo‘mitasiga 2018-yilning 1-may kuniga qadar (tel.: 246-28-63,  e-mail.  mm.markaz@edu.uz) taqdim etiladi.

VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

7.1.Tanlovning institut bosqichida yuqori (1,2,3) o‘rinni egallagan talabalari institut tomonidan maxsus diplom va quyidagi miqdorda moddiy rag‘batlantiriladi.

1 ta 1-o‘rin – 700.000 so‘m;

2 ta 2-o‘rin – 600.000 so‘m;

3 ta 3-o‘rin – 500.000 so‘m.

Shuningdek, 5 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin (har biriga) – 300.000 (uch yuz ming) so‘m miqdorda moddiy rag‘batlantiriladi. Ushbu 5 nafar talabalarga ham faxriy yorliq taqdim etiladi.

Shuningdek, g‘olib talabalarning ijodiy ishlari institut ramiy veb-saytida keng yoritiladi.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>