O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi A.Aripov tomonidan 2017-yil 12-dekabrda (01-07/1-2987-son) tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning ikkinchi yo‘nalish, 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash tadbirlarida institut talabalarining faol ishtiroklarini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 16-yanvardagi 42-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2017-yil 20-yanvarda 49-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi. Mazkur buyruqqa muvofiq institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” va “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularida insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov 2018-yil 22-24 yanvar kunlari fakultetlar talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. ikkinchi bosqich esa 2018-yil 26-27 yanvar kunlari yakuniy bosqich o‘tkazildi.
Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” va “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularidagi insholar ko‘rik-tanlovi Nizom talablariga ko‘ra amalga oshirildi. Hamda ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Mazkur tanlovda faol ishtirok etib, tanlovning institut bosqichida sovrinli o‘rinlarni egallagan quyidagi talabalar ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilishi inobatga olindi.
O‘rin tartibi | Talabalar F.I.SH. | Ta’lim yo‘nalishi | Summasi |
1-o‘rin | Axmatova Gulxayo
Qarshiboy qizi |
Sanoat farmatsiyasi fakulteti
Biotexnologiya yo‘nalishi 2-kurs 1/1 guruh talabasi |
500 000
( besh yuz ming) so‘m |
2-o‘rin | Fazliev Sunnatullo Aloyiddinovich | Farmatsiya fakulteti 4-kurs 6/1 guruh talabasi | 400 000
( to‘rt yuz ming) so‘m |
3-o‘rin | Jalilova Umida Asqaralievna | Sanoat farmatsiyasi fakulteti Metrologiya yo‘nalishi 2-kurs 1/2 guruh talabasi | 300.000
(uch yuz ming so‘m) |
Mazkur tanlov g‘oliblari belgilangan miqdorda moddiy rag‘batlantiriladi. Shuningdek, birinchi o‘rin Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 2-kurs 1/1 guruh talabasi Axmatova Gulxayo Qarshiboy qizi 58 ball, ikkinchi o‘rin Farmatsiya fakulteti 4-kurs 6/1 guruh talabasi Fazliev Sunnatullo Aloyiddinovich 55 ball va uchinchi o‘rin Sanoat farmatsiyasi fakulteti Metrologiya yo‘nalishi 2-kurs 1/2 guruh talabasi Jalilova Umida Asqaralievna 51 ball bilan baholandi. Baholash Nizom talablari asosida amalga oshirildi.
Institut talabalari o‘rtasida “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” va “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularidagi insholar tanlovida faol ishtirok etgan quyidagi talabalar va murabbiylar ma’naviy rag‘batlantirilishi tavsiya etildi.
№ | F.I.SH. | Kursi, guruhi, yo‘nalishi va kafedra nomilavozimi |
Tanlovida faol ishtirok etgan talabalar ro‘yxati | ||
1 | Maratova Zulxumor G‘ayrat qizi | Farmatsiya fakulteti
1-kurs 9/1 guruh talabasi |
2 | Xayrullaev Bexruz Furqat o‘g‘li | Farmatsiya fakulteti
1-kurs 7/1 guruh talabasi |
3 | Otajonova Marxabo Otabek qizi | Farmatsiya fakulteti
1-kurs 2/2 guruh talabasi |
Tanlovini tashkil etishda va talabalar o‘rtasida targ‘ibot – tashviqot ishlarini olib borishda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati | ||
№ | F.I.SH. | Kafedra nomi va lavozimi |
1 | Chinibekova Nazira Kalmaxanovna | Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qiuvchisi |
2 | Zaripova Rayima SHarifovna | Anorganik, analitik fizik va kolloid kimyo kafedrasi assistenti |
3 | Dusmuratova Feruza Madiyarovna | Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi |
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi