“Yoshlar parlamenti” deputatligi uchun saylovlar qizg‘in pallada.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi qoshidagi “Yoshlar parlamenti” deputatligiga institutimizdan ko‘rsatilgan nomzodlar
Jumabaev Javohir Anvar o‘g‘li 1998-yil 2-may kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2004-yil Toshkent shahar Hamza tumanidagi 244-maktabga 1-sinfga o‘qishga borgan. 2013-yil ushbu maktabni a’lo baholarga tamomlab, P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejining “Davolash ishi” bo‘limiga o‘qishga kirdi. 2016-yil ushbu kollejni imtiyozli diplomga tugatib, shu yilning o‘zida Toshkent farmatsevtika institutining Farmatsiya fakulteti kasb ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi.
Institutda o‘tkaziladigan barcha manaviy-marifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent farmatsevtika instituti boshlang‘ich tashkilotining faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi etakchisi bo‘lib faoliyat yuritmoqda.
O‘ktamov SHohjahon Dilshod o‘g‘li 1994-yil Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, malumoti – tugallanmagan oliy. 2013 – yil Farg‘ona tibbiyot kollejini tugatgan. 2015 – yil Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kunda farmatsiya yo‘nalishi 3-bosqichining harbiyga yo‘naltirilgan guruh talabasi.
O‘ktamov SHohjahon Dilshod o‘g‘li 2015-2017 yillar davomida ”Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkiloti farmatsiya fakulteti Kengashi azosi sifatida faoliyat olib borgan. Talabalar ilmiy jamiyatining faol azosi.
Hozirda institut O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash azosi.
Berdiboev Jahongir Salohiddin o‘g‘li 1998-yil Navoiy viloyati Navoiy shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, ma’lumoti tugallanmagan oliy, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati— O‘zbekiston liberal—demokratik partiya a’zosi. 2014-yilda Navoiy shahridagi kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyini tugatgan. 2017-yildan Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kunda Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishida 1-bosqich talabasi. Berdiboev Jahongir Salohiddin o‘g‘li 2014-2017-yillar davomida akademik litsey “Kamolot YOIH” boshlang‘ich tashkilotida kurs etakchisi sifatida faoliyat olib borgan. Hozirda institut O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faol a’zosi.
3-mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda barcha nomzodlarga omad tilaymiz!!!