Mamlakatimizda 2018-yil mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda hududlarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash oyligi deb e’lon qilindi. Xalqimizga xos yaxshi xislatlardan biri ko‘klam boshlanishi bilan barcha joylar obod qilinadi.Institutda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda hududlarni tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish maqsadida maxsus reja ishlab chiqilgan.Unga muvofiq shanba-yakshanba kunlari sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs talabalari dekan muovini Z.Mamatqulov boshchiligida hamda O‘zbekiston Yoshlari ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari ishtirokida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbir munosabati bilan institutda 24-25 fevral kunlari quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-Institut hududi va uning atrofidagi ariqlar tozalandi.
-Hududlardagi binolar atroflari tozalanib tartibga keltirildi.
-Atrofdagi to‘plangan qurilish va maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joyga o‘z vaqtida olib chiqib ketildi.
-Hududlar chegarasidan 50 metr masofadagi maydonlarda obodonlashtirish, ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.