Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasi mazmun va mohiyatini hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarni keng targ‘ib qilish, talabalar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni shakllantirish maqsadida 2018yil 28fevral kuni kuni institut faollar zalida soat:14-00 da ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

     

Tadbirda: Toshkent Davlat yuridik universiteti rofessor-o’qituvchilari, Mirobod tumani prokuraturasining 42 nafar mas’ul xodimlari,institut fakultetlar dekanatlari,ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi a’zolari xamda talabalar ishtirok etdilar.

     

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi ishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash,  o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtojlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida qarovsizlik va nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom avlodni kamolga etkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

     

«Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan institut miqyosida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlariing asosiy maqsadi ham talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, ularni komil, barkamol inson qilib tarbiyalashdir.

     

Huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishida, eng avvalo jamiyatning har bir a’zosi davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligi lozim.

     


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>