6.03.2018 yil institutda Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakultetining 2-kurs talabalariga institut rektori tibbiyot fanlari doktori , professor I.I.Alimdjanov bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Unda farmatsevtika sohasidagi yangiliklar, ta’lim sifatini yanada oshirish , talabalarning davomati, ilmiy faoliyatga kengroq jalb etish, yoshlarning tartib-intizomga rioya etishi va ijtimoiy faolligini oshirish hususida so’z yuritildi. Ochiq muloqotda professor –o’qituvchilar xamda talabalarning takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.