Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Asal va dolchin (koritsa) ning shifobaxsh xossalari.

$
0
0

Dolchin (koritsa) issiq mamlakatlarda o‘sadigan daraxt po‘stlog‘i bo‘lib, ta’mi achchiq va hidi o‘tkir, rangi qizil bo‘lib, ovqatga xushta’m va yoqimli hid berishi uchun solinadi.

Dolchin yeyilsa, hidlansa va maydalab tuyilganini badanga bog‘lansa, badandagi quyuqlashgan moddalarni suyultiradi, tiqilmalarni ochadi, yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Tanadagi barcha ruhiy, ya’ni miya, yurak va jigar quvvatlarini, badandagi kuch-quvvatning manbai bo‘lgan quvvatlarni saqlaydi. Ko‘zni ravshan qiladi, badandagi bodlar va sovuq mizoj moddalarni tarqatib yuboradi, miyadagi zaharli rutubatlarni (ho‘llikni) quritadi, sovuq va ho‘l tumovni daf qiladi, sovuqdan bo‘lgan bosh miya dardlariga shifo bo‘ladi. Og‘iz hidlanishini yo‘q qiladi, ho‘l yo‘tal va havo etishmasligini bartaraf qiladi, achchiq balg‘am to‘planishi sababli hosil bo‘lgan ovoz bo‘g‘ilishini ochadi. O‘pka va nafas yo‘llaridagi yopishqoq rutubatlarni daf etadi va ko‘krak ichidagi a’zolarni ana shunday rutubatlardan tozalaydi, jigar tiqilmalarini ochadi, sariq suv xastaligiga shifo bo‘ladi.

Dolchinni maydalab, ezg‘ilab surmaga o‘xshatib ko‘zga tortilsa, unga quvvat bag‘ishlaydi va agar ko‘zning boshqa dardlariga qarshi ishlatilsa, yaxshi samara beradi – ko‘zni ravshan va sog‘lom qiladi. Tuyilgan dolchinni asal bilan qorib surtilsa, yuzdagi sepkilli dog‘larni daf etadi, sirkaga qorib surtilsa ham shunday ta’sir qiladi.

Dolchinni bir kunda bir marta yeyish miqdori 7 gramm.

Yurak kasalliklarida xar kuni 2 osh qoshiq asal bilan 2 choy qoshiq dolchinni aralashtirib, nonga surtib iste’mol kiling. Natijada qondagi xolesterin miqdori va yurak  xuruji xavfi kamayadi. Shu bilan birgalikda nafas olishni va yurak muskullarini yaxshilaydi. Asal va dolchinni 1/1miqdorda qabul qilayotgan katta yoshdagi odamlarning aytishicha, e’tiborlarini bir joyga jamlash va xarakatchanlik darajalari oshgan. Naxorda va taxminan soat 15:00da, 0,5 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni 1 stakan qaynatilgan suvga aralashtirib ichilsa, organizmning charchog‘i ketadi va organizm o’z kuchlarini qaytadan tiklaydi.

Artritda bu kasallikdan aziyat chekayotgan odamlar, kuniga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni 1 piyola qaynatilgan suv bilan aralashtirib ichishlari lozim. Xattoki surunkali artritdan qiynalayotgan odamlarga xam bu shifobaxsh ichimlik yordam bera oladi.

Xolesterinni kamaytirishda 2 osh qoshiq asal, 3 choy qoshiq dolchin, 2 stakan qaynatilgan iliq suv qondagi xolesterin miqdorini ikki soat ichida 10% ga kamaytiradi. Bu aralashmani kuniga 3 maxal iste’mol kilish, xattoki surunkali kasallarga xam yordam bera oladi.

Immunitetni oshirishda xar kuni asal va dolchin qorishmasini tanavvul qilish organizmni xavfli virus va bakteriyalardan ximoya qiladi. Olimlar asal tarkibida ko’p miqdorda temir va turli xil vitaminlar borligini aniqladilar. Doimiy asal iste’mol kilish qonning oq tanachalarini (leykotsitlar) bakteriya va virusli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatlarini oshiradi.

Teri infeksiyalarida 1/1 miqdorda asal va dolchin aralashmasini teringizning jaroxatlangan qismlariga surting. Bu aralashma teri ekzemasi, zamburuglari va boshqa turdagi teri infeksiyalarini davolaydi.

Xusinbuzarlardan xolos etishda 3 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni aralashtirib uyqudan oldin yuzingizning muammoli joylariga surting. Ertalab uyg‘onganingizdan so’ng yuzingizni yaxshilab yuvib yuboring. Ikki xafta davomida bu muolajani bajarsangiz yuzingizdagi barcha xusinbuzarlar yo‘qolib ketadi.

Oshqozon yallig‘lanishi: Asal va dolchin oshqozondagi og‘riqni oladi, xamda oshqozondagi yaralarni davolaydi.

Shamollash: 3 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni aralashtirib kuniga 3 maxal iste’mol qiling. Natijada sidagi shamollashlar, yo‘tal o‘tib ketadi va nafas yo‘llaringiz ochiladi.

Zamondosh olimlar asal va dolchinni barcha turdagi kasalliklarni hech qanday asoratlarsiz yengishda eng samarali vosita sifatida tan olishgan.

Qadimgi tabobatda bu aralashmadan yuz yillar davomida foydalanishgan. Asal shirin bo‘lsa-da, uni ma’lum miqdorda shifobaxsh vosita sifatida iste’mol qilish hatto qandli diabetga chalingan bemorlarga ham zarar keltirmaydi.

Peshob xaltachasi yallig‘lansa 2 osh qoshiq dolchin va 1 osh qoshiq asalni 1 stakan iliq suvga aralashtirib ichish lozim. Bu peshob xaltasidagi mikroblarni o‘ldiradi.

Og‘izdan hid kelishi – ertalab uyqudan uyg‘onganda birinchi qiladigan ish-kun bo‘yi og‘zidan yoqimli ifor taralishi uchun tomog‘ini asal va dolchin qo‘shilgan suvda chayish.

Dam yig‘ilishi Hindiston va Yaponiya olimlari tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, asal va dolchin aralashmasi qorinda dam yig‘ilishining oldini oladi.

Eshitish qobiliyati yo‘qolsa xar kuni ertalab va kechki payt asal hamda dolchinni teng miqdorda iste’mol qilish kerak.

Shamollashdan aziyat chekayotganlar 1 osh qoshiq ilitilgan asalga 1/4 choy qoshiq dolchin qo‘shib, kuniga 3 mahal iste’mol qilishlari lozim.

Bu usuldagi muolaja hatto surunkali yo‘tal, shamollashni ham davolaydi va burunni tiqilmalardan tozalaydi.

Me’daning sustligi (ovqatni hazm qila olmaslik) 2 osh qoshiq asalga aralashtirilgan dolchin pudrasini ovqatdan oldin iste’mol qilish oshqozonda kislota miqdorini pasaytiradi va og‘ir taomlarni hazm qilishda yordam beradi.

Uzoq umr ko‘ray desangiz muntazam ravishda asal va dolchin qo‘shilgan choy iching. U qarish jarayonini sekinlashtiradi. Choyni tayyorlash uchun 1 qoshiq dolchin ustiga 3 stakan qaynoq suv quyib damlanadi va sovigach, 4 qoshiq asal aralashtiriladi. Kuniga 3-4 mahal 1/4 chashkadan ichiladi. Ushbu choy terini tetik va yumshoq saqlab, qarishdan asraydi.

TAYYORLADI:

Farmakognoziya kafedrasi dotsenti

Xodjayeva Muattar Asadullayevna

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>