Navro’z bayramiga tayyorgarlik ko’rish hamda yangilanish faslida yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 11-mart kuni institutimizda ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Institut hududida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-institut hovlisi supirilib, hazon va chiqindilardan tozalandi;
-yerlar chopildi;
-daraxtlarga shakl berildi;
-institut tashqi hovlisiga gullar ekildi.
O’quv binolarida va Talabalar turar joyida hafta davomida tozalash ishlari bajarilmoqda. Hasharda Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekanlari boshchiligida 1-kurs talabalari, hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy qo’llab quvvatlashga davogar talabalar ishtirok etdilar.