2018-yilning 9-mart kuni Tillar kafedrasi rus tili fanidan respublika fan Olimpiadasining 1-bosqichiga start berdi. Olimpiada rus tiliga iqtidori yuqori bo‘lgan talabalarni o‘ziga jalb etdi. 14 nafar talaba fan Olimpiadasida ishtirok etish hoxishini bildirdi. Shulardan 10 nafar iqtidorli talabalar a’zolar tomonidan taklif etildilar. Olimpiadaning birinchi kunida ishtirokchilar 3ta shart bo‘yicha bellashishdi.
1-shart. Tasviriy san’at asarini (Opisanie kartini) yozma tasvirlab berish.
2-shart. Test.
3-shart. Monolog
Yakuniy natijalar 10-mart kuni e’lon qilindi.
Toshkent farmatsevtika institutida rus tili fanidan respublika 1-bosqich Olimpiadasi natijalari:
- Saidov S.- 92 ball
- Mengliyeva SH.- 87 ball
- Bazarov B.- 86 ball
- Sharipova R.- 86 ball
- Temirov J.- 80 ball
- Nazarova F.- 75 ball
- Adxamova M.- 74 ball
- Xaytboyeva Z.- 49 ball
- Alimuxamedova S.- 46 ball
- Gulyamova D.- 43 ball
Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs 6/2 guruh talabasi S.S.Saidovni rus tili fanidan respublika 1-bosqich Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgani va keyingi bosqichga yo‘llanma olgani bilan tabriklaydi.