Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Yusupova Nigora Erkinovna tomonidan 2018-yil 28-mart kuni 25-auditoriyada Pedagogika fanidan “Pedagogik nazorat va ta’lim sifatini baholash” mavzusi yuzasidan ochiq seminar mashg’uloti tashkil etildi. Mashg’ulot davomida “Agar men” rolli o’yini, “Zanjir” metodi va “Veer” texnologiyasi qo’llanildi. Talabalar tomonidan ta’lim jarayonida o’quvchilarning baholanishi obrazli 3 xil o’qituvchi misolida ko’rsatib berildi. Dars davomida “Zanjir” metodi orqali pedagogik nazoratning vazifalari, funksiyalari va baholashning xususiyatlari hamda ta’lim sifati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Seminar mashgulotining yakunida “Veer” texnologiyasi qo’llanilib talabalar tomonidan og’zaki, yozma va test nazoratining afzalligi va kamchilik jihatlari ko’rib chiqildi. Har bir usul o’qituvchi tomonidan xulosalanib, ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Bo’lib o’tgan ochiq mashg’ulotga institut qoshidagi akademik litsey Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri X.Mannonova, kafedra katta o’qituvchilari Yu.Husanboyeva, S.Yuldasheva, L,Sultonova, B.Boltayeva va A.Tugalovlar qatnashdi.