Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Article 5

$
0
0

Talabalar Ilmiy jamiyatining an’anaviy 75-ilmiy anjumaning  yopilish marosimi

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlab 2018-yil 23-24 may kunlari Toshkent farmatsevtika institutida Talabalar Ilmiy jamiyatining an’anaviy 75-ilmiy anjumani o‘tkazildi.  24-may kuni tadbirning  yopilish marosimi o‘tkazildi. Talabalar Ilmiy jamiyatining ilmiy rahbari professor H.S.Zaynutdinov, rais sifatida farmatsiya fakulteti 3-kurs 10/1-guruh talabasi A.R.Axmedov faoliyat olib borishdi. Devoriy ma’ruzalarga farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti N.Yunusxo‘jayeva mas’ul sifatida faoliyat olib borib,barcha ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish, tashkil etishda tinmay mehnat qilishdi.

Talabalar Ilmiy jamiyatining an’anaviy 75-ilmiy anjumaning yopilish marosimini institut professori X.S.Zaynutdinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilgan  tadbirning mazmun-mohiyati, talabalarning ilmiy salohiyati, ularning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlari ortganligini ta’kidladi.Buni quyidagi statistika ham ko‘rsatadi:

Farmatsiya fakultetidan 251 nafar, sanoat farmatsiyasi fakultetidan 290 nafar talabalar ishtirok etishdi.Bu fakultetlarni talablarning umumiy soniga nisbatan 47-53%ni tashkil etadi.

Talabalar Ilmiy jamiyatining 8 bo‘limda faoliyat olib bordi.1-3-o‘rin sohiblari xomiy tashkilotlar tomonidan rag‘batlantirildilar.

Konferensiya yopilish marosimida “Nikafarm” korxonasi rahbari SH.M.Musinov, “ATMPharm” korxonasi territorial menejeri R.R.Shangareyev ishtirok etishdi. “Nikafarm” korxonasi rahbari SH.M.Musinov 32 g‘olibdan 8 nafar talabaga, “ATMPharm” korxonasi 4 nafar talabag o‘z zavodlarida amaliyot o‘tashga sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Barcha g‘olib talabalarni talabalar ilmiy jamiyati konferensiyasida  faol ishtirok etishganligi bilan qutlab qolamiz.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>