2016 yil 15 sentyabr kuni G‘afur G‘ulom nomli istirohat bog‘ida “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda Qurbon xayiti bayrami munosabati bilan xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur xayriya tadbiri Toshkent shahar Ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati tomonidan tashkil etildi. Unda institut tomonidan 60dan ortiq nomdagi dori-darmonlar mazkur jamiyatga taqdim etildi. Tadbirda institut “Kamolot” YOIH BT faollari ishtirok etishdi. Ushbu tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida mehr-muruvvat, saxovat kabi axloqiy tamoyillarni shakllanishiga xizmat qiladi.