Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Article 0

$
0
0

Toshkent farmasevtika  instituti farmatsiya fakul’teti  faramsiya  yo‘nalishi FT-509 A  guruh talabasi Fazliev Sunnatullo  Aloyiddinovichning “Davr” informatsion dasturi uchun intervyusi

      Bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli, vatanparvar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bunday e’tiborni oqlashga xarakat qilib kelayotgan yoshlarimiz talaygina. Yuritimzda ilmiy izlanishlar bilan mashg‘ul talabalarni ishlarini ommaviy axborot vositasida  yoritish maqsadida  Toshkent farmasevtika institutiga “Yoshlar” teleradiokanali “Davr”informatsion dasturi  va O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirlari kelib institut yosh  olimlari bilan suhbat qildi.

       Bunday yoshlarimizdan biri Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakul’teti  farmatsiya  yo‘nalishi  FT-509 A  guruh talabasi Fazliev Sunnatullo  Aloyiddinovich.  Uning fanga, ilm olishga bo‘lgan qiziqishi katta.Sunnatullo  Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishiga Xalqaro D.I.Mendeleev olimpiadasining  g‘olibi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  guvohnomasi   asosida imtixonlarsiz qabul qilindi  va  hozirgi kunda   5- bosqichda  tahsil olmoqda. Bugungi kunga qadar u “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan.Sunnatillo  Fazliev ommaviy axborot vositasiga asosan ilmiy tadqiqotlari ya’ni dastlab ilmiy ishlarini mahalliy homashyo asosida gemostatik  ta’sirga ega “Lagoden” dori vostasini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan boshlagani, so‘ng “Yod- siklodekstrin substansiyasi hamda  kapsula dori shaklini olish texnologiyasini  o‘zlashtirish  va ishlab chiqarishga tayyorlash”, “Mahalliy homashyolar asosida  prebioenterosorbent olishning yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzularida  innovatsion loyihalar olib boryotgani xaqida ma’lumot berdi.

2017 yilning mart oyida Belarus Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlaridan kompleks tuzilgan “STEND” olimpiadasida 3–o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2015 yilda Sunnatullo Fazliev ikkinchi bosqichdaligidayoq darslarni a’lo darajada o‘zlashtirishi, ilmiy ishlardagi yutuqlari, institut ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi va boshqa yutuqlarini inobatga olib, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi stipendiyasiga loyiq ko‘rilgani xaqida ham to‘xtaldi. 2015 yil 72–anjumanda kimyo fanlari seksiyasida “Lagoden gelining olinishi va fizik–kimyoviy xossalarini o‘rganish” va tibbiy–biologik fanlar seksiyasida “Fitopreparatы, primenyaemыe pri serdechno-sosudistыx zabolevaniyax” mavzusidagi chiqishlari bilan ishtirok etdi va faol ishtiroki uchun “Fahriy yorliq”ni qo‘lga kiritdi.

      2016 yilgi anjumanda esa “Izuchenie reologicheskix svoystv gelya Lagoden” mavzusida rus tilida juda qiziqarli ma’ruza qildi va talabalar ilmiy jamiyati hamda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani kengashining “Fahriy yorliq”lari bilan mukofotlandi.

2017 yil 16-17 may kunlari institutning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Talabalar ilmiy jamiyati”ning 74-an’anaviy ilmiy anjumanida ijtimoiy fanlar seksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2016  yildagi ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi nutqiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

      Aynan shu anjumanning kimyo fanlari seksiyasida inliz tilidagi “Study of structural-mechanical properties of sulfur gel” nomli ma’ruzasi uchun ham 1-o‘ringa loyiq ko‘rilgani, 2018 yil 23-24 may kunlari «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” ga bag‘ishlangan “Talabalar ilmiy jamiyati”ning 75-an’anaviy ilmiy anjumanida kimyo fanlari seksiyasida “Investigation the quality and quantity analysis of the capsule of the “Iodine-β-CD” mavzusida ingliz tilidagi ma’ruzasi bilan 1–o‘rinni qo‘lga kiritgani, 2017–2018 yil Vinesiya shahrida o‘tkazilgan “Current chemical problems” Xalqaro yosh olimlar va talabalar konferensiyalarida tezislari bilan ishtirok etgani xususida  “Davr” informatsion dasturi uchun intervyu berdi.

     Shuningdek, O‘zbekiston fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Aminov Sobirjon Nigmatovich xam intervyusida talabasi Sunnatillo xaqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova                 

 

 

 


Viewing all articles
Browse latest Browse all 2731

Trending Articles



<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>