“O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 64-bandi ijrosini ta’minlash hamda turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida 2016 yil 23 sentyabr kuni soat 13-30 da professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish demokratik jamiyat garovi”, “Tinchlik uchun barchamiz mas’ulmiz” kabi mavzularda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Mirobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.Tadbirda tuman prokuraturasi xodimlari mamlakatimiz tinchligi va barqarorligini ta’minlashda talabalarni o‘rni va mas’uliyati haqida ma’ruza qildilar.Tadbirda 220 nafar talabalar hamda 27 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.