![]()
![]()
Mavzuning maqsadi: Berilgan tarkib bo‘yicha suspenzion surtma tayyorlashni bilish va sifatini baxolashni o‘rganish.
![]()
Mavzuning ahamiyati. Surtmalar tayyorlashda zarur bo‘ladigan me’yoriy xujjatlar bilan tanishish va ulardan foydalana bilish, ishlatilayotgan dori moddalar eruvchanligiga va dorixatda yozilgan miqdoriga qarab surtma dori turini tayyorlash texnologiyasini tanlay bilish va asoslash, xamda tayyorlangan suspenzion surtmalarni sifatini baxolashni o‘rganish katta axamiyatga ega.
REJA:
O‘qituvchining kirish so‘zi -10 min.
Talabalarni bilimini tekshirish-30min.
O‘qituvchining talabalar bergan javoblariga ko‘ra yakunlovchi tushuntirish-10 min.
Amaliy ishni bajarish-70 min.
Kundalik daftarlarni tekshirish-20 min.
Bajarilgan ishni qabul qilish-20min.
Jami: 160min.
Laboratoriya mashg‘ulotini “ Loyixa” “Aqliy xujum” usulida o‘tkazish
tavsiya etiladi
“Loyiha” usulini o‘tkazish uchun talabalar 5 ta kichik guruhga bo‘linadi va har bir kichik guruh “Loyiha” usuli topshirig‘ini tarqatadi.
Pedagogik texnologiya “Loyiha”
1 guruh
Yumshoq dori turlari, ta’rifi, tasnifi, afzalliklari, kamchiliklari.
Pedagogik texnologiya “Loyiha”
2 guruh
Suspenzion surtmalarni boshqa turdagi surtmalardan
farqi va o‘ziga xos tomonlari
Pedagogik texnologiya “Loyiha”
3 guruh
Tarkibida 5%dan kam dori modda saqlagan suspenzion surtma dorilarni tayyorlash texnologiyasi
Pedagogik texnologiya “Loyiha”
4 guruh
Tarkibida 5%dan 25%gacha dori modda saqlagan suspenzion surtma dorilarni tayyorlash texnologiyasi
Pedagogik texnologiya “Loyiha”
5 guruh
Surtmalarni sifatini baholash
Uslubiy ko‘rsatma
Bu guruh surtmalar dori moddasini surtma asosida bir xilda ezish yo‘li bilan tayyorlanadi. Shuning uchun boshqacha nomi trituratsion surtma (lot. trituratio — ezib ishkalash) ni bildiradi. Suspenziyali surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ya’ni dori moddasining yuzasi qancha katta bo‘lsa, davolash samarasi shuncha ortadi. Dorixona sharoitida suspenzion surtmani tekshirish organoleptik usulda olib boriladi. Surtmani kaft orasida ishkalaganimizda yirik bo‘lakchalar bo‘lmasligi kerak. Agar surtma tarkibidagi dori bo‘lakchalari 50 mkm gacha kattalikda bo‘lsa, unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini kitiklaydi, ba’zi hollarda terini jaroxatlashi ham mumkin. Bunday surtmalarni yallig‘langan va shillik qavatlarga surtish yaramaydi.
![]()
Xuddi ichiladigan suspenziyalarni tayyorlaganimizdek qattiq fazani ezib maydalash suyuqlik ishtirokida olib borilishi kerak, shunda qattiq faza tez maydalanadigan bo‘lib qoladi. Bunday vaqtda biz suyuqlikni tanlay ola bilishimiz kerak. Qovushqoq suyuqliklar bu maqsad uchun yaroksizdir. Qattiq fazani disperslashda kam miqdorda o‘simlik yoki mineral moyidan yoki suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerak bo‘ladi. Kerakli variantni tanlash qattiq fazaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
![]()
![]()
Agar dori modda surtma tarkibiga kam miqdorda (5% gacha) bo‘lsa, ezish bodom, shaftoli, kungabokar moyi ishtirokida (agar surtma xayvon yog‘ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar vazelinda) olib boriladi, so‘ngra hosil bo‘lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan miqdorgacha asos qo‘shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko‘p miqdorda (5%-25%gacha) bo‘lsa, kerakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So‘ngra qolgan asos qo‘shib aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor hovoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi. Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. Yuqori dispers va bir xil taksimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishkalanadi. Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqrok bo‘ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:
Rp.:Furacilini 0,1
Lanolini 20,0
Vaselini 30,0
M.f.ung
D.S. Antiseptik surtma.
Furatsillinni 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so‘ngra ilik vazelin va lanolin korishmasini qo‘shib aralashtiriladi.
Rp.:Resorcini 0,6
Acidi salicylici 1,0
Sulfuris precipitatae 2,0
Cerae flavae 4,0
Ol. Ricini ad 20,0
D.S. Ceboreyada qo‘llaniladi
Bu uch fazali suspenzion surtma bo‘lib, mum-moyli asosda tayyorlanadi. Kukunsimon dori moddasi 9% atrofini tashkil qiladi. Avval salitsil kislota mum, kanakunjut moyi aralashmasida eritib olinadi. So‘ngra kukunlar aralashmasini 5-6 geritma bilan eziladi va qolgan eritma qo‘shiladi.
Mum saqlangan surtmalar vazelin asosiga nisbatan perspiratsiyani osonlashtiradi.
“Loyiha” usulidan keyin talabalarga “Aqliy hujum” usuli savollari beriladi.
“Aqliy xujum” pedagogik texnologiya usulida talabalar bilimini aniqlash uchun savollar
1.Yumshoq dori turlarini ayting.
2.Surtmalar deb qanday dori turlariga aytiladi?
3.Surtmalar qanday tavsiflanadi?
4.Surtmalar asos tipi bo‘yicha qanday tasniflanadi?
5.Dispers sistemalar bo‘yicha surtmalar qanday guruhlanadi?
6.Suspenzion surtma nima?
7.Trituratsion surtma deganda nimani tushunasiz?
8.Dorixonada suspenzion surtma qanday tekshiriladi?
9.Organoleptik tekshiruv qanday amalga oshiriladi?
10.Qattiq fazani disperslashda nimalardan foydalaniladi?
11.Surtmalar qanday qadoqlanadi va jixozlanadi?
12.Suspenzion surtma sifati qanday baholanadi?
Vaziyatli masalalar
Oling: Simob amidoxloriddan 0,5
Vazelindan 20,0
Aralashtiringsurtmahosilbo‘lsin
Bering. Belgilang: qo‘lgasurtishuchun
Ushbu dorixatdagi surtmani talaba quyidagi texnologiya bo‘yicha tayyorladi. U to‘g‘ri tayyorladimi?
Texnologiyasi:
20,0 g vazelin suv hammomida eritiladi. Hovonchaga0,5 g simob amidoxlorid tortib olinadi va taxminan 0,25 g eritilgan vazelin bilan eziladi toki bir xil bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha. So‘ng qolgan vazelin 3-4 ga bo‘linib aralashtiriladi. Surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.
Echimi: Avvalo bu dorixatga pasport tuziladi. Unda suvda hamda vazelinda erimaydigan simob amidoxlorid 2,4% tashkil etishi aniqlanadi. Bumiqdor 5% kam bo‘lgani uchun simob amidoxloridni maydalik darajasini oshirish maqsadida uning yarimiga teng miqdorda yordamchi suyuqlik ishlatish maqsadga muvofiqdir. Demak, 0,2 – 0,25 g (10-12 tomchi) vazelin moyi bilan eziladi. Toki bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha. So‘ng suv hammomida eritilgan vazelin 2-3 ga bo‘linib qo‘shiladi va bir xil aralashma hosil qilinadi. Surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.
Oling: Anestezindan 5,0
Rux oksiddan 20,0
Kraxmaldan 20,0
Vazelindan 100,0
Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin.
Bering.Belgilang: yaralangan joyga
surtish uchun.
Ushbu dorixatdagi surtmani talaba quyidagi texnologiya bo‘yicha tayyorladi. U to‘g‘ri tayyorladimi?
Texnologiyasi:
Hovonchaga birinchi bo‘lib 20,0 g kraxmal solib maydalanadi. So‘ng 5,0g anestezin va 20,0 g rux oksididan tortib olib kraxmalga qo‘shib maydalanadi. So‘ngra 25 g vazelin moyi yordamida yaxshilab eziladi. Bo‘tqasimon massa hosil bo‘lgandan keyin suv hammomida eritilgan 100,0 g vazelin solib bir xil aralashma hosil qilinadi. Surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.
Oling:Rezorsindan 0,4
Vazelindan 10,0 gacha
Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin.
Bering. Belgilang: teriga surtish uchun.
Ushbu dorixatdagi surtmani talaba quyidagi texnologiya bo‘yicha tayyorladi. U to‘g‘ri tayyorladimi?
Texnologiyasi:
Tortib olingan 0,4 g rezorsinni 0,2 ml tozalangan suvda eritib, so‘ng 9,6 g vazelinni suv hammomida eritib olinadi va rezorsin eritmasiga qo‘shib toki bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.
![]()
![]()
![]()
![]()
1 -variant
1.Surtma dori shakliga to‘g‘ri ta’rif keltirilgan qatorni toping.
A)bir yoki bir necha dori moddalarni moy yoki moysimon moddalar bilan aralashtirib tayyorlangan yumshok dori shaklidir.
B)quyuq suyuqlik bo‘lib, sirtga qo‘llash uchun belgilangan va teri haroratida eriydigan dori shaklidir.
S)bir-birida juda kam yoki mutlako erimaydigan suyuqliklarni maxsus ishlash yo‘li bilan olingan dori shaklidir.
D)disperrs sistema bo‘lib, tarkibiga ko‘ra dispersion muhit va dispers fazadan iborat dori shaklidir.
2.Agar retseptda surtma dorilarnikonsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda necha foizli kilib tayyorlab beriladi?A)15 %
B)1 %
S)10 %
D)20 %
3.Asoslarning xususiyatiga ko‘ra qanday tayyorlanadigan surtma dorilar bor?
A)A, B, V javoblar to‘g‘ri.
B)gidrofob asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
S)gidrofil tipidagi asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
D)emulsiya asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
4.Dispers sistemasining xususiyatiga ko‘ra surtma dorilar qanday guruhlarga bo‘linadi
A)eritma tipidagi surtma dorilar;
B)gomogen va geterogen
S)emulsiya tipidagi surtma dorilar;
D)aralash tipdagi surtma dorilar.
5.Surtma dorilar nimalarga ko‘ra tasniflanadi-
A)hammasi to‘g‘ri
B)tarkibi va konsistensiyasi bo‘yicha
S)dispers sistemasining xususiyatiga ko‘ra
D)ta’sir ko‘lami bo‘yicha
6.Dispers sistemasining xili bo‘yicha surtma dorilar
A)gomogen va geterogen bo‘ladi
B)kovushkok va suyuq bo‘ladi
S)Ko‘p tarkibli va bir xil tarkibli bo‘ladi
D)ko‘z uchun, rektal va burun uchun bo‘ladi
7.Gomogen surtmalarni qanday tiplari bor?
A)osilma, ekstraksiya, aralash;
B)kotishma, osilma,aralash;
S)ekstraksion, osilma, emulsion;
D)kotishma, eritma, ekstraksion;
8.Oling: Kamforadan 0,2
Mentoldan 0,1
Suvsiz lanolindan 5,0
Vazelindan 5,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Keltirilgan dorixat bo‘yicha umumiy og‘irlik nechaga teng?
A)10,5
B)10,3
S)13,0
D)11,3
2-variant
1.Surtma dori shakli tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga qo‘yilgan
A)Hamma javoblar to‘g‘ri.
B)Qo‘llash maksadiga muvofikligi va yumshok konsistensiyasi.
S)Biologik bezararligi va mikroblarga qarshi turg‘unligi.
D)Fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi va neytral muhiti. Surtilgan joyidan engil artilishi
2. Eritma tipidagi gomogen surtmani quyida keltirilgan qaysi moddalardan tayyorlash mumkin ?
A)vismut nitrat asosligi, dermatol, kalsiy karbonat
B)anestezin, kamfora, benzoy kislotasi, mentol, timol, fenol.
S)sulfatsil natriy, dikain, dimedrol, kamfora
D)kollargol, natriy tiosulfat, novokain, protargol.
3.Kotishma tipidagi gomogan surtmani quyida keltirilgan qaysi moddalardan tayyorlash mumkin ?
A)sulfatsil natriy, dikain, dimedrol, kamfora.
B)vismut nitrat asosligi, dermatol, kalsiy karbonat.
S)anestezin, kamfora, benzoy kislotasi, mentol, timol, fenol.
D0mum, spermatset, azokerit, parafin, lanolin, serezin.
4. Quyida keltirilgan tarkibli surtma dori surtmalarning qaysi tipiga mansub
Oling: Mumdan – 5,0
Spermatsetdan – 10,0
Shaftolimoyidan – 35,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
A)geterogen-osilma
B)gomogen-kotishma
S)geterogen-emulsion
D)gomogen- aralash
5.Quyida keltirilgan tarkibli surtma dori surtmalarning qaysi tipiga mansub
Oling: Kamforadan 2,0
Vazelindan 6,0
Suvsiz lanolindan 4,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
A)geterogen-osilma
B)geterogen-emulsion
S)gomogen-eritma
D)gomogen-aralash
6. Oling: Kamfora surtmasidan 10,0
Bering.Belgilang. Oyokka surtish uchun.
Keltirilgan dorixatni tarkibini to‘g‘ri ko‘rsating
A)Kamfora 3,0; vazelin – 5,0; suvsiz lanolin -2,0
B)Kamfora 1,0; vazelin – 6,0; suvsiz lanolin -3,0
S)Kamfora 2,0; vazelin – 4,0; suvsiz lanolin -4,0
D)Kamfora 6,0; vazelin – 3,0; suvsiz lanolin -3,0
7. Oling: Kanakunjutmoyidan
SHaftoli moyidan teng mikdorda 25,0
Mumdan 15,0
Lanolindan 10,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Keltirilgan dorixat bo‘yicha moddalarni eritish ketma ketligini to‘g‘ri ko‘rsating.
A)SHaftoli moyi, kanakunjutmoyi, mum, lanolin.
B)Lanolin, kanakunjut moyi, shaftoli moyi, mum.
S)Mum, lanolin, kanakunjut moyi, shaftoli moyi.
D)Mum, shaftoli moyi, kanakunjut moyi, lanolin.
8.Dispers sistemasining xususiyatiga ko‘ra surtma dorilar qanday guruhlarga bo‘linadi
A)eritma tipidagi surtma dorilar;
B)gomogen va geterogen
S)emulsiya tipidagisurtma dorilar;
D)aralash tipdagi surtma dorilar.