Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all 2731 articles
Browse latest View live

Dorivor o‘simliklar xususiyatlari (Xurmo to‘g‘risida)

$
0
0

2018-yil soat: 13-10 da, 2018-yil 22-mayda ertalab 8-25 da, 2018-yil 25-mayda soat: 21-30 da O‘zbekiston telekanalining “Oydin hayot” ko‘rsatuvida Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi dotsenti Xodjayeva Muattar Asadullayevna Ibn Sino merosini o‘rganish maqsadida xalq tabobatida keng ishlatilayotgan dorivor o‘simliklarni xususan, xurmoning dorivor xususiyatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda mazkur ko‘rsatuvda ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

     

     


“Perespektivi ispolzovaniya elektroaktivnix polimerov v meditsine” mavzusida master klass o‘tkazildi.

$
0
0

Toshkent farmatsevtika instituti raxbariyati va Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi professor o‘qituvchilarining tashabbusi bilan 19-may kuni soat 830 da faollar zalida Amerikalik olim, kimyo fanlari nomzodi, «Altinit LLC» va  «ConTex LLC» kompaniyalari direktori Djamshid Avloniy tomonidan “Perespektivi ispolzovaniya elektroaktivnix polimerov v meditsine” mavzusida master klass o‘tkazildi.

Djamshid Avloniy 1978-yilda Toshkent politexnika  institutini, 1987-yilda Moskva Davlat universitetini tugatgani, hozirgi kunda Amerikada o‘z faoliyatini davom ettiryotgani va ortirgan tajribalari xamda yutuqlari bilan tanishtirdi.

     

     

     

     

     

Kafedra xodimlari bilan davra suxbati

E’LON! Ochiq darsga taklif etamiz

$
0
0

2018-yil 22-may soat 830da 137-auditoriyada Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti Farmatsevtika amaliyoti dolzarb mavzulari yo‘nalishi 30-guruh tinglovchilariga Farmatsiya kafedrasi dotsenti A.M.Tuxtayevaning Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanidan “Dorixona xizmatida tadbirkorlik faoliyati. Farmatsevtik faoliyatlarga litsenziya berish.” mavzusidagi ochiq darsi bo‘lib o‘tadi.

Ochiq darsga barcha xohlovchilar taklif etiladi.

 

“Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

$
0
0

2018-yil 21-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir qo‘yidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan:

  • O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi;
  • Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Narbayeva Tanzila Kamalovna ochib berdiKeyingi so‘zga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri – Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich chiqdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori – Fayzullayev Alisher Nasibullayevich va Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti rektori – Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich davom ettirishdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda Toshkent farmatsevtika institutining Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi Saidova Mamlakat Yadgarovna va farmatsiya kafedrasi dotsenti Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna ishtirok etishdi.

     

     

     

Soyaning dorivor xususiyatlari

$
0
0

2018-yil 21-22 may kunlari soat: 21-30 da O‘zbekiston telekanalining “Oydin hayot” ko‘rsatuvida Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi dotsenti Xodjayeva Muattar Asadullayevna Ibn Sino merosini o‘rganish maqsadida xalq tabobatida keng ishlatilayotgan dorivor o‘simliklarni xususan, Soyaning dorivor xususiyatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda mazkur ko‘rsatuvda ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

 

Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarni Yashnobod tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabiga tashrif

$
0
0

2018-yil 21-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari, jumladan, kafedra mudiri v.v.b. Usmanaliyeva Z.O‘., dotsentlar Maqsudova A.N., Olimov X.Q., katta o‘qituvchi Chinibekova N.K., assistent Abdullayeva M.U.lar Yashnobod tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrifda maktab direktori Islamova G.M. bilan 2018-2019 o‘quv yili uchun hamkorlik ishlari rejasi muhokama qilindi. Maktabga institut tarixi haqida ma’lumotlar va esdalik sovg‘alar topshirildi.

     

     

So‘ngra maktab faollar zalida 9-sinf o‘quvchilariga assistent Abdullayeva M.U. “Narkotik moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Mavzu yuzasidan tegishli videomateriallar namoyish etildi va kafedra dotsenti Maqsudova A.N. tomonidan “Biz narkotikga qarshimiz, sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida trening o‘tkazildi. Kafedra katta o‘qituvchi Chinibekova N.K. Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi haqida ma’lumot berdi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirilgan savollariga to‘liq javob oldilar.

     

     

     

E’LON! Ochiq laboratoriya darsga taklif etamiz.

$
0
0

Farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti K.SH.Muxitdinova 23-may kuni soat 12:00da 65 xona “Pterin guruhiga kirgan dori moddalar tahlili” mavzusi bo‘yicha ochiq laboratoriya darsini o‘tkazadi.

Fizika fani bo‘yicha Respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

$
0
0

Toshkent farmatsevtika institutining rektori buyrug‘iga ko‘ra-(№ 01-747 02.05.2018) Namangan muxandislik texnologiya institutiga Fizika fani bo‘yicha olimpiadada ishtirok etish uchun institut g‘olibi Biotexnologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Umarbek Xasanov va uning rahbari fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedra katta o’qituvchisi Tursunova Z.B. ishtirok etdi.

Namangan muxandislik texnologiya institutiga 13.05.2018-yilda tashrif buyurildi. Shu kuni tashkilotchilar turli viloyatlardan va Toshkent shahridan kelgan talabalarni ro‘yxatga olishdi.14-15.05.2018-yili Namangan muxandislik instituti bazasida O‘z.R.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 7.04.2018-yil. buyrug‘iga asosan Talabalar respublika olimpiadasining 2-bosqichi o‘tkazildi. Namangan sh., Kosonsoy ko‘chasi 7-uy (tel.0369-225-1007).

14.05.2018-yil. Soat 9:30 dan 10:00 gacha  Talabalar respublika fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining va komandalar rahbarlari ishtirokida majlisda olimpiadani o‘tkazish tartiblari belgilab olindi.

Toshkent farmatsevtika institutidan borgan komanda rahbari katta o’qituvchi Tursunova Z.B. olimpiada o‘tkazish Mandat komissiyasining a’zosi etib saylandi. Nizomga muvofiq  fizika fanidan materiallar bo‘yicha test topshir iqlarini bajarish 14-may soat 10:00 dan 12:00 gacha  amalga oshirildi.

Olimpiadaning 2-turida 5 ta masladan iborat yozma ishni bajarish soat 14:00 dan 16:00 gacha yozildi.

14.05.2018-yilda Olimpiada ishtirokchilari  Namangan shahridagi   To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ishoqxon to‘ra Ibrat” majmuasiga ekskursiyaga borishdi.

15.05.2018-yili kunida olimpiadadaning 3-turi fizika fanidan nazari sinov o‘tkazildi. Shu kuni 4-tur bo’yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish amalga oshirildi.

15.05.2018-yilda soat 18:00 da tashkiliy qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fan olimpiadasining g‘oliblari taqdirlandi.

Olimpiadaning I va II va 2018-yilning 14-mayida, III va IV-turi esa 15-mayda o‘tkazildi. Barcha turlarda 44 nafar talaba ishtirok etdi. Olimpiada turlarini o‘tkazishda, tekshiruv jarayonida nizomda ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya qilindi.

Fizika fani bo‘yicha Respublika bosqichida Toshkent farmatsevtika institutining tabasi Umarbek Xasanov 4 ta turdan 215,0 ball to‘plab Respublika olimpiadasidaning 6 o‘rinni egalladi.

Fizika fani bo‘yicha olimpiada hakamlar hay’ati nizom talablari bo‘yicha Umarbek Xasanov va rahbari Tursunova Z.B. faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

     

     

     


75-Talabalar ilmiy anjumani

$
0
0

23-may kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”ga bag`ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining 75-ilmiy anjumani bo`lib o`tmoqda. Anjumanda iqtidorli talabalar o`zlarining og`zaki va devoriy ma`ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Anjuman keng doirada, ya’ni 8 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarda:

1.        Dori turlari texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil qilish;

2.        Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;

3.        Sanoat farmatsiyasi;

4.        Kimyo fanlari;

5.        Tibbiy–biologiya fanlar;

6.        Biotexnologiya va fizika, matematika va axborot texnologiyalari;

7.        Tillar;

8.        Ijtimoiy fanlar

bo’limlarida yuqori saviyada o’tkaziladi. Barcha talaba yoshlarga omad tilaymiz.

Toshkent farmatsevtika institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”ga bag`ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining 75-ilmiy anjumaning ochilish plenar majlisi bo’lib o’tdi.

$
0
0

Toshkent farmatsevtika institutida 2018-yil 23-may kuni soat 10:00 da “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”ga bag`ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining 75-ilmiy anjumani plenar majlisi bo’lib o’tdi. Plenar majlisida institut rektori I.I.Alimdjanov tabrik so’zi bilan chiqib ilmiy anjumanni ochib berdi. Bundan tashqari anjuman xomiylari xam tabrik so’zi bilan chiqdilar. Shundan so’ng metrologiya talabasi U.Jalilova “SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy majlis deputatlariga murojaatnomasi  – xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam” mavzusida prezintatsiya bilan chiqdi.

     

     

     

     

     

Plenar majlis so’ngida institut rektori barcha qatnashchilarni 8 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarga taklif etdi.

61-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘qitish jarayonida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish” mavzusida ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

$
0
0

21-may kuni Farmatsevtik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan  61-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘qitish jarayonida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok ettilar.

     

     

Dissertatsiya ishi muhokamasi.

$
0
0

2018-yil 31-may kuni soat 1400 da DSc.27.06.2017.Far.32.01 ixtisoslashgan kengash qoshidagi Ilmiy seminar farmakognoziya kafedrasining assistenti Sh.R.Xalilovaning 15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “O’zbekistonda o’sadigan sebarga turlarini farmakognostik tavsifi” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Barcha xoxlovchilar taklif etiladi.

Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Urmanova F.F.

Ilmiy bo‘lim

“Pterin, xosilalari guruxiga kirgan dori vositalari tahlili” mavzusida ochiq laboratoriya darsi bo’lib o‘tdi.

$
0
0

2018-yil 23-may kuni soat 12:00 da 65-xonada farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti K.SH.Muxitdinovaning “Pterin, xosilalari guruxiga kirgan dori vositalari tahlili” mavzusida farmatsiya fakulteti 5/2-guruh talabalariga ochiq laboratoriya darsi bo’lib o‘tdi.

     

E’LON! Ochiq ma’ruzaga taklif etamiz

$
0
0

2018-yil 24-may kuni soat 1000 da 8-xonada farmakogonoziya kafedrasi dotsenti M.A.Xodjayevaning 3-kurs sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi II-oqimida farmakogonoziya fanidan “Tarkibida yog‘ va yog‘simon moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va maxsulotlar” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.

Barcha hoxlovchilar taklif etiladi.

Farmakognoziya  kafedrasi

O‘quv bo‘limi

OOO «Laxisam Pharmactuticals» qo’shma korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti

$
0
0

Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi assistenti farm.f.n. N.A.Azimova boshchiligida 2018-yil 24-may kuni Sanoat farmatsiyasi yo’nalishi 2-kurs 8-gurux talabalari OOO «Laxisam Pharmactuticals» qo’shma korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti o’tadilar. Amaliyot vaqtida talabalar tabletka sexida tayyor tabletka blesterlarini saralash va ampula sexida tayyor ampulalarni qadoklash bilan shug’ullandilar. Amaliyot qiziqarli bo’ldi va buning natijasida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     

     


«Farmatsevtika tashkiloti personali va uning toifalanishi» mavzusidagi ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

$
0
0

2018-yil 16-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi dotsenti, farmatsevtika fanlari doktori Nizom Davurovich Suyunovning Farmatsiya fakulteti 5A510502 – Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish magistratura mutaxassisligining I-kurs magistratura talabalariga Farmatsevtika tashkilotlarida boshqaruv tizimi fanidan «Farmatsevtika tashkiloti personali va uning toifalanishi» mavzusidagi  ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Suyunov N.D. ochiq ma’ruzasiga Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi dotsentlari: b.f.n. Z.SH.Xidoyatova, f.f.n. G.M.Ikramova; katta o‘qituvchilar: f.f.n. B.S.Temirov, N.A.Sodiqova assistentlar: M.T.Azimova, D.B.Ramatjonova, A.A.Raximov, N.X.Rajabova, F.X.Ismailova, SH.T.Aripov va boshqalar hamda 2-kurs magistratura talabalari ishtirok etdi.

Ochiq ma’ruzaga ichki ekspert sifatida Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti, f.f.n. M. Fatxullayeva qatnashdi.

Ochiq ma’ruzaga tashqi ekspert sifatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti «Mintaqaviy iqtisodiyot» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Xalmirzayev Ahmadjon Axunovich qatnashdi va ijobiy taqriz berdi.

     

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan fan olimpiadasi.

$
0
0

2018-yilning 16-17 may kunlari “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan Jizzax davlat pedagogika institutda olib borilgan fan olimpiadasida Toshkent farmatsevtika institutining farmatsiya fakulteti  5-kurs 3/1-talabasi M.H.Egamberdiyeva 2-tur olimpiadasida ishtirok etdi. Olimpiadani o‘tkazish uchun hay’at a’zolari guruhi shakllantirirdi. Unda farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar katta o‘qituvchisi D.M.Abduraximova hay’at a’zosi sifatida  qatnashdi. Undan tashqari olimpiadani o‘tkazilishini nazorat qilish uchun “Adolat guruhi” a’zolari shakllantirildi. Olimpiadada Farmatsiya fakulteti 5-kurs 3/1-talabasi M.H.Egamberdiyeva Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanidan “Faol ishtiroki uchun” faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

Xitoy fanlar akademiyasi vakillari bilan uchrashuv

$
0
0

24-may kuni Toshkent farmatsevtika institutiga Yuqori texnologiyalar markazi vakili k.f.n. Mirzaaxmedov Sharofiddin Yashirovich boshchiligida Xitoy fanlar akademiyasi universiteti xalqaro bo’limi direktori XIE YONG o‘z jamoasi bilan tashrif buyurdi. Toshkent farmatsevtika instituti rektori Ibroxim Inomivich Alimdjanov raxbarligida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Normaxamatov Nodirali Saxobataliyevich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Nabiyev Tal’at Abduvaxidovich, Ilmiy kotib To‘xtayev Farxod Xakimovich, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Yunusov O‘ktam, Biotexnologiya kafedrasi mudiri Ismoilova Moxinur Gafurovna, xalqaro bo‘lim uslubchisi Adilova Nufuzaxon Abduxamid qizi muzokaralar olib borishdi. Muzokara mobaynida institut professor-o‘qtuvchilari faol ishtirok etishdi.

Xitoy Fanlar akademiyasi yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash siyosati bilan  tanilgan. U ularga boshqa davlatlarning olimlariga tarqatiladigan stipendiyalar bilan ta’minlaydi. Bunday stipendiyalar tufayli CAS o’z muassasalarida tadqiqotlar o’tkazish uchun 1000 dan ortiq xorijiy olimlarni jalb qildi. Xitoy Fanlar akademiyasida tadqiqotlarni xalqarolashtirishga yordam berish ushbu tashkilot siyosatining bir qismidir.

Fanlar akademiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda ilmiy va texnologik taraqqiyotni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. 2004-yilda qabul qilingan maxsus stipendiyalar orqali CAS har yili rivojlanayotgan mamlakatlardan taxminan 50 nafar olimlarni taklif qiladi va ularga Xitoy Fanlar Akademiyasining institutlarida tadqiqot o’tkazish uchun imkoniyat beradi. Rivojlanayotgan dunyodagi olimlar uchun ilm-fan shifokorlarini tayyorlash dasturini har yili kamida 150 nafar kishi bilan o’qitish rejalashtirilmoqda.

Muzokara so‘ngida kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustaxkamlash maqsadida xakorlik memorandumi imzolashga qaror qilindi.

     

     

    

    

E’LON! Ochiq ma’ruzaga taklif etamiz.

$
0
0

Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi katta.o`qituvchisi t.f.n. D.E.Qodirovaning 26-may 2018-yil mikrobiologiya fanidan farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun 126-ma’ruza xonasida soat 830 da reja asosida o‘tkaziladigan “Virusli kasalliklar (Gripp,qizamiq)” mavzusidagi ochiq ma’ruzaga taklif qilamiz.

“Dorixona xizmatida tadbirkorlik faoliyati. Farmatsevtik faoliyatlarga litsenziya berish” mavzusida ochiq amaliy mashg‘uloti.

$
0
0

Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti “Farmatsiya” kafedrasi  dotsenti  A.M.Tuxtayevaning  2018-yil 22-mayda “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” fanidan “Dorixona xizmatida tadbirkorlik faoliyati.Farmatsevtik faoliyatlarga litsenziya berish” mavzusida ochiq amaliy mashg‘uloti FADM yo‘nalishining 30-guruhida olib borildi. Reja bilan tanishtirildi. Tadbirkorlik va farmatsevtika faoliyatni litsenziyalashtirishning me’yoriy huquqiy asoslari: PQ №.2773, VM №185qarori, VM №284 qarorlari asosida farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashtirish shartlari tartiblari tushuntirildi. Barcha tinglovchilarda tarqatma materiallar bor. Aqliy xujum, Keys, Ven diagrammalari usullari asosida topshiriqlar bajarildi.

Tinglovchilar guruhlarga bo‘linib, chakana savdoni tashkillashtirish, litsenziya uchun ariza, bitim hujjatlari, dorixona va uning filiallari ochilishidagi sanitariya me’yor qoidalari belgilab olishdi. Tinglovchilar topshiriqlari va testlarni qiziqib bajardilar. Dotsent Tuxtaeva A. assesment usuli asosida bilimlar nazoratini o‘tkazdi. Dars multimedia asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llagan xolda o‘tkazildi. Dars yakunida tinglovchilar tomonidan litsenziyalashtirishga oid savollar berildi, javoblar hujjatlar bo‘yicha asoslab berildi.  Dars yuqori saviyada qiziqarli o‘tkazildi.

     

    

Viewing all 2731 articles
Browse latest View live