2017 yil 11 iyul kuni institut Farmakognoziya kafedrasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida “Milliy taomlarni tayyorlash va ularni targ‘ib etishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tanlov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon sog‘lomlashtirish maskanida o‘tkazildi. Tanlovda farmatsiya fakultetining bir guruh talaba-qizlari o‘zaro bellashdilar va g‘oliblar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Tanlov jarayonida talaba-qizlar o‘zbek milliy taomlari, viloyatlarda tayyorlanadigan taomlar, ularning kelib chiqish manbalari, tayyorlanishdagi usullari xususida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Bu kabi tadbirlar nafaqat talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish balki talaba-qizlar o‘rtasida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga munosib vorislarni tarbiyalashga erishishdir. Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlandi va g‘olib talabalarga estalik sovg‘lari taqdim etildi. Shuningdek, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirda jami 58 nafar o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.