2017 yil 14 iyul kuni institut Farmakognoziya kafedrasi, “Murabbiylar” kengashi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida talabalar o‘rtasida “Tabiat ne’matlarini asrab – avaylash va ulardan oqilona foydalanish choralari”, “Dorivor o‘simliklarning inson salomatligini saqlashdagi o‘rni” va “Suvni tejash va undan oqilona foydalanish” kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi. Suhbat jarayonida “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, farmakognoziya kafedrasi dotsenti N.T.Farmonova, assistent Sh.Xalilovalar mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Shuningdek, suhbat jarayonida talabalar o‘rtasida odob-axloq qoidalari, ularga rioya etish choralari va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimizga sadoqatli vorislar qilib tarbiyalashga oid mavzularga targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir jarayonida talabalar tomonidan dorivor o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning foydali jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Tadbirda jami 60 nafar talabalar ishtirok etdi.