Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all 2731 articles
Browse latest View live

«Dorivor o‘simliklar mikroflorasi va dorivor o‘simlik xom ashyosi» mavzusida Master klass tarzda integral  ma’ruza o‘tkazildi.

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi PQ 2909 – sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 25-sentabr kuni Penza Davlat tibbiyot universiteti professori Semenova Yelena Fedorovna va dotsenti Presnyakova Yelena Viktorovna va Tibbiy va biologik fanlar kafedra katta o‘qituvchisi D.E.Qodirovalar tomonidan «Dorivor o‘simliklar mikroflorasi va dorivor o‘simlik xom ashyosi» mavzusida Master klass tarzda integral ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruzada institut va kafedra professor-o‘qituvchilari, farmatsiya fakulteti va sanoat farmatsiyasi fakulteti 3-kurs talabalari qatnashdilar.

     

     

Ma’ruzachi tomonidan ma’ruza materiallari va prezitansiyalari o‘zbek va rus tillarida tayyorlanilgan. Ma’ruza so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblaor olishdi. Ma’ruza institut professor-o‘qituvchilari va talabalarida yaxshi taasurot qoldirdi.

Tibbiy va biologik

fanlar kafedrasi


“Kasbga yo‘naltirish”. Toshkent shaxri Shayhontohur tumanidagi 41-maktabga tashrif.

$
0
0

2018-yil 25-sentabr kuni soat 1100 da  Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov, murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Boltayeva, farmatsiya fakul’teti dekanining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini O‘.Jalilov, Yoshlar ittifoqi a’zolari, FITQ kafedrasi dotsenti G.Sultonova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Yuldasheva, DVS va SM dotsenti I.I.Iminova hamda institut talabalaridan bir qanchasi Toshkent shaxri Shayhontohur tumanida joylashgan  41-maktabga tashrif buyurdi.

     

     

Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov tadbirni ochib berdi, 41-maktab direktori Gulnoza Muzaffarova Anvarovna raxbarligi ostidagi o‘qituvchilar va ushbu maktab o‘quvchilari ham tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda maktab o‘quvchilarini farmasevtika sohasiga yo‘naltrish mazmunida suxbatlar olib borildi. Aynan farmasevtika instituti, uning fakultetlari va yo‘nalishlari xaqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

     

     

                    Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

“Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid”

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida tushuntirish ishlarini keng amalga   oshirish maqsadida 2018yil 25-sentabr kuni soat 15-00da institut faollar zalida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi.

     

Barchamizga ma’lumki, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun har bir insondan ogohlik va hushyorlikni, atrofimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarishlarga faol fuqrolik pozitsiyasida turib munosabat bildirishni talab etmoqda. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar borki, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi.

     

Ana shunday illatlardan biri – korrupsiyadir. Bu illat jamiyatda demokratiya va huquq ustivorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarini buzulishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar havfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.

     

Shunday illatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Koorrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonda korrupsiyasiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solgan. Mazkur o‘tkazilgan tadbirda ham mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qaror va farmonlarning mazmun – mohiyati, ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari xususida to‘xtalib, bu borada tegishli ma’lumotlarni taqdim etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qilichev  Hayot Odilovich, Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Podpolkovnik Isroilov Jahongir Shokirovich, Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining huquqbuzarlik profilaktikasini muvofiqlashtirish bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha katta podpolkovnik inspektor Zayniddinov Samariddin Baxriddinovich ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruzalar o‘qishdi. Tadbir hamkorlari: Toshkent farmasevtika instituti tomonidan, manfaatdor idoralar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizligi xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

Odob-axloq qoidalariga rioya etish shartlari

$
0
0

2018-yil 20-sentabr kuni institut Farmasevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida “Odob-axloq qoidalariga rioya etish shartlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dotsentlar, N.A.Yunusxodjayeva, A.D.Toshpulatova, R.A.Xusainova, f.f.n T.A Mirraximova, assistent K.Sh.Muxitdinova, katta o‘qituvchi N.A.Zaripova, assistentlar A.A.Jurayeva, N.B.Saidkarimova, Sh.S.Yuldashevalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida talabalar o‘rtasida odob-axloq shartlari, institut tartib-intizomiga rioya qilish lozimligi, kattalarga hurmatda bo‘lishligi hamda talabalar turar joyida ozodalikka doimo amal qilish xususida targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, suhbat jarayonida o‘tmish ajdodlarimiz hikmatli so‘zlaridan, badiiy asarlaridan parchalar keltirildi. Tadbirda jami 53 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

     

Bayramingiz muborak aziz ustozlar!

$
0
0

Dunyoda shunday insonlar bo‘ladiki, ular har doim el ardog‘ida, hurmat e’tiborida bo‘lishadi. Bu kabi insonlar kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga mas’uldirlar. Shuningdek, yoshlarning kamoloti, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishlarida ularning mehnatlari tahsinga loyiqdir. Biz so‘z yuritayotgan kasb egasiga berilgan ta’rifdan anglagan bo‘lsangiz kerak. Ha ular ustozlarimizdir. Xalqimiz o‘rtasida “Ustoz otangdek ulug‘”, – deya ta’rif beriladi. Haqiqatda ustozlarimiz ota-onalarimizdek aziz va jonkuyar, mehribon va sevimlidirlar. Biror kasb egasi yo‘q-ki, ularning tarbiyasida bo‘lmagan, mehr bulog‘idan suv ichmagan. Dono xalqimiz bejizga “Ustoz ko‘rmagan, har maqomga yo‘rg‘alar”, – deya ta’kidlaydi. Shu bois, barcha kasb egalari borki, ustozlar ta’lim-tarbiyasini olgan va ulkan cho‘qqilarni zabt etishgan.

Yurtimizda bugungi kunda ustozlarga barcha imkoniyatlar, shart – sharoitlar yaratilgan. Ularning mehnatlari e’zozlanib yurtimizda 1-oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ularning faoliyati doimo munosib taqdirlanadi va qadrlanadi. Shu bois ustozlarimiz doimo e’zozda va e’tirofda.

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha “O’qituvchi va murabbiylarni” kasb bayrami bilan institut rahbariyati muborakbod etadi. Sizlarga dunyodagi ezgu niyatlar ijobatligini, el e’tirofiga, e’zoziga munosib bo‘lish baxti tark etmasligini tilab, yaqinlaringiz va shogirdlaringiz baxtiga sog‘-salomat bo‘ling deymiz. Har doim elning nazarida, e’zozida bo‘lish baxti Sizlarni tark etmasin. Axir Sizlar bunga munosibdirsiz.

Nigora Ashurova

Toshkent farmasevtika instituti

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

N.L.Usmanova

Institut matbuot kotibi

“Suv-salomatlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi.

$
0
0

2018-yil 27-sentabr kuni Farmatsiya fakulteti kasb-ta’limi 2-kurs talabalari bilan “Suv-salomatlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda kafedra mudiri X.O.Nuraliyeva, kafedra katta o‘qituvchilari D.E.Qodirova, R.Norboboyeva, kafedra assistentlari M.Kariyeva, S.Maksudovalar ishtirok etdilar.

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi talabalar turar joyida “Kafedra kuni”ni o‘tkazdi.

$
0
0

2018-yil 28-sentabr kuni Dori turlari texnologiyasi kafedrasi talabalar turar joyida “Kafedra kuni”ni o‘tkazdi. Unda kafedraning faxriy professor o‘qituvchilari Z.A.Nazarova, dotsent N.S.Fayzullayeva, kafedra mudiri, prof Yo.S.Kariyeva, kafedra assistentlari, xodimlari va talabalar ishtirok etdilar. Kafedra mudiri, prof Yo.S.Kariyeva talabalarga kafedraning ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berdi. So‘ngra kafedra faxriy o‘qituvchisi professor Z.A.Nazarova o‘zining ko‘p yillik faoliyatida olib borgan ilmiy ishlari, kafedraning ilmiy faoliyati oshishida o‘z hissasini qo‘shgan professor o‘qituvchilar haqida qiziqarli ma’lumot berdi.

    

2018 yil 29 sentyabr kuni “Dori turlari texnologiyasi” kafedra mudiri, prof. YO.S.Kariyeva va kafedra a’zolari kafedraning faxriy o‘qituvchisi prof.  Z.A.Nazarovani “1-Oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami  bilan tabrikladilar.

Toshkent Farmasevtika institutitutining 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

$
0
0

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Ustozlarimiz o‘giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilish kelajak poydevori. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.Barchamizga ma’lumki, yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarga juda katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq  bayrami munosabati bilan Toshkent shahri va joylarda o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni  o‘tkazish to‘g‘risida”gi gi (01-14/9-7-son, 19.09.2018 y.) majlis bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 28-sentabr kuni soat 15-00 da o‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Talabalikka bag‘ishlov va 1-oktabr -“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlab “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov o‘zining ustoz va murrabiylarimizga bo‘lgan cheksiz xurmati, mexri va shirin tilaklari bilan ochib berdi.

     

     

     

Tadbir jarayonida Toshkent Farmasevtika institutida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 20 nafar professor-o‘qituvchilari “Faxriy yorliq” va sovg‘alar bilan  taqdirlandi.

     

     

Shuningdek  institutda  uzoq  yillardan beri an’ana bo‘lib kelgan 1-kursga qabul qilingan talabalarni “Talabalik qasamyodi” ham qabul qilindi.

     

“Talabalik  qasamyodi”dan so‘ng tadbir qo‘shiq va kuylarga ulandi.

     

     

“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan bayram dasturida Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenizbek Ilyosov, O‘zbekiston “Nihol” mukofoti sovrindori Shoira Otabekova, “Xandalak” guruhi  a’zosi, so‘z ustasi Zokirjon Ochilev va yana ko‘plab san’atkorlar qatnashdi.

     

Tadbir juda fayzli va ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi. “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan bayram dasturi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova


Tabriklaymiz!

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi PF-555-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 226-son qarori,  Vazirlikning 2018 yil 10 sentyabrdagi 778-son buyrug‘iga muvofiq tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining 2018 yil 24 sentyabrdagi bayonnomasiga ko‘ra institutning quyidagi iqtidorli talabalarini 2018-2019 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari sovrindorlarini tabriklaymiz.

O’zbekiston Respublikasi “Islom Karimov”

nomidagi Davlat stipendiyasi

Abduxaliqova  (Karimova)  Nargiza  O’ktamovna

O’zbekiston Respublikasi “Ibn Sino”

nomidagi Davlat stipendiyasi

Fayzullaeva Shahodat Habibullo qizi     

E’lon! Integrallashgan ma’ruzaga taklif qilamiz.

$
0
0

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti G.M.Turyeeva va Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti N.V.Shilsova tomonidan Farmatsiya fakulteti 5-kurs yevro oqim talabalari uchun 2018-yil 4-oktabrda 89 auditoriyada 08:30 da «Kosmeticheskie sredstva, ispolzuemie v kosmetologicheskoy praktike, ix xarakteristika, klassifikatsiya, trebovaniya, pred’yavlyaemie k nim, ispolzuemie vspomogatelnie veshestva» mavzudagi integrallashgan ma’ruza o‘qiladi.

Xoxlovchilar taklif etiladi.

Dtt kafedrasi

Praga Iqtisodiyot universiteti ilmiy-pedagogik amaliyotga taklif etadi.

$
0
0

Chexiya Respublikasining yetakchi milliy universitetlaridan biri – Praga Iqtisodiyot universiteti “Ta’lim jarayonida innovatsiyalar: bakalavr va magistrlarni o’qitish misolida usullar, yondashuvlar, texnologiyalar” asosida ilmiy-pedagogik amaliyotga taklif etadi.

“Wy sza Szko” da “Biznesu – National – Louis University” (108 soatlik o’quv mashg’ulotlari, o’quv dasturlari, innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlarni tashkillashtirish bo’yicha ilmiy va pedagogik amaliyot dasturini qabul qilishga taklif etadi ).

2018-yil 12-30 noyabr, Sochi, Polsha

Evropadagi eng yaxshi klinikalarda o’qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun xalqaro amaliyotlar:

– Respublika Klinikasi, Litva,

– East-Tallinn markaziy klinikasi,

– Tartu universitetining kasalxonasi

Barcha ishtirokchilarga xalqaro malaka sertifikati beriladi.

Batafsil ma’lumotlar

“Farmasevtik ishlab chiqarishdagi yondashuvlarni uyg‘unlashtirish” mavzusida Halqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

$
0
0

Rossiyaning Moskva shahrida 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Farmasevtik ishlab chiqarishdagi yondashuvlarni uyg‘unlashtirish” mavzusida Halqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.  Konferensiyaning rasmiy tili  rus tili va ingliz tillarida.

Batafsil ma’lumotlar 

Article 0

$
0
0

«Colorcon» farmasevtik kompaniyasi bosh texnologi va menedjeri trening-ma’ruzalar o‘tkazildi.

Toshkent farmasevtika instituti rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil  20-apreldagi №PQ- 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq keltirilgan bandlarning ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib bormoqda. Toshkent farmasevtika instituti tomonidan zamonaviy farmasevtik ishlab chiqarishga oid dolzarb masalalar bo‘yicha Angliyaning «COLORCON» farmasevtik kompaniyasi bosh texnologi va menedjeri Denikeyeva Yuliya taklif etilgan bo‘lib, 2018-yil 26-28 sentabr kunlari  DVST kafedrasining Sanoat farmatsiyasi fanidan 4-kurs farmatsiya fakulteti talabalariga trening-ma’ruzalar o‘tkazildi. «Colorcon» keng doiradagi farmasevtika mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, quyidagi ma’ruza mavzularida treninglar o‘tkazildi.

-Qattiq dori shakllarini qobiq bilan qoplash usullari;

-Yupqa parda bilan qoplashning mohiyati va afzalliklari;

-Qobiq Parda tarkibi va yordamchi moddalar;

-Ta’siri uzaytirilagan va kerakli a’zoga yetib boruvchi tabletkalar.

Mehmonlar bilan esdalik uchun suratlarga tushildi. So‘ngra institutning Dori vositalarining sanoat texnoogiyasi kafedrasi o‘quv xonalariga tashrif buyurib dars jarayonlarida ishtirok etdilar.

Tashrif so‘nggida Institut qoshidagi DVSIM ilmiy laboratoriyasi bilan tanishib, ulardagi zamonaviy tahlil usullari, toksikologik va mikrobiologik laboratoriyalar zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangani hamda ilmiy ishlar olib borish uchun barcha shart sharoitlar yetarli ekanini aytib o‘tdilar.

Xalqaro aloqalar bo‘limi

Mansurov A.X.

Toshkent farmasevtika institutida “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tadbir

$
0
0

Toshkent farmasevtika instituti,Toshkent vestminister universiteti hamda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti talabalari bilan birgalikda tadbir tashkil etildi. Tadbirga “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Bunyodbek Bahrombekov, Respublika yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash bosh mutaxassisi Feruza Abdurashidova, Toshkent shaxri yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mutaxassisi Saidqulov Jaxongir va Toshkent vestminister universiteti hamda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti institut yetakchilari qatnashdilar.

     

Tadbirni O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi Toshkent farmasevtika instituti yetakchisi Namozov Farruxjon ochib berdi hamda “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etilganligi haqida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi. So‘ng “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi mutaxassisi Feruza Abdurashidovaga navbat berildi. Feruza Abdurashidova talabalarni tadbirkorlikga jalb qilish va o‘z biznes g‘oyalarini amalga tadbiq etish uchun kerak bo‘ladigan xujjatlar va imkoniyatlar haqida tushuncha berdi.

    

Toshkent shaxri yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mutaxassisi Saidqulov Jaxongir Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan 5466-sonli qarori ostida tashkil etilgan “Yoshlar kelajagimiz” dasturi xaqida to‘xtalib, uni rivojlantirish faqat qog‘ozda emas amalda ham tadbiq etib yoshlarni unga jalb qilish, imtiyozli kreditlar, talabalarning o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun kerakli ma’lumotlar berib o‘tdi.

    

Respublika yosh tadbirkorlarni  qo‘llab quvvatlash bosh mutaxassisi Feruza Abdurashidova tadbirni talabalar bilan interaktiv tartibda olib bordi.Talabalar bilan suxbat davomida Respublikamizning 14 ta xududi bo‘yicha ishchi gurux tashkil etilgani va ular ichida eng  ko‘p gurux Samarqand viloyatida bo‘lganini aytdi.Samarqand viloyatida jami 1086 ta ishchi gurux bo‘ldi.Eng kam ishchi guruxini Sirdaryo viloyati 154 ta bilan egalladi. Ishchi gurux tuzish jarayoni xar bir viloyatda Fuqarolar yig‘ini ishtirokida tuzilganligi  aytib o‘tildi. O‘n to‘rtta xududni qo‘shib xisoblaganda Respublika miqyosida 8942 qatnashgani ma’lum bo‘ldi. Respublikamizdagi ishsiz yoshlarni umumiy soni 823291 ta, tadbirkorlikka qiziqadigan yoshlar soni esa 6744 ta ekanligi ishchi gurux tomonidan ma’lum qilindi hamda tadbir talabalar o‘rtasida savol javoblar bilan davom etdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

Toshkent farmasevtika  institutida  “Odob axloq qoidalari” targ‘iboti borasida tadbir tashkil etildi.

$
0
0

Xar bir tashkilot, ishxona, maktab, kolledj hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘z “Odob axloq” qoidalari mavjud. ”Odob axloq qoidasi” deganda faqat insonning tarbiyaviy jihati hisobga olinmaydi balki bu qoidalar o‘z ichiga insonning kiyinish madaniyati, muomala, etika qoidalari, shaxsiy gigiena qoidalarini qamrab oladi. Bularni barchasini talabalar ongiga singdirish maqsadida Toshkent farmasevtika institutida  2018-yil sentabr-oktabr oylari davomida  “Odob axloq qoidalari” targ‘iboti borasida  tadbir tashkil etildi.

     

Odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 9-martdagi 100-sonli, 2016-yil 16-martdagi 114-sonli, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016-yil 5-martdagi  116-sonli buyruqlari, Toshfarmining Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

     

Sog‘lom psixologik muhitni saqlash barcha pedagog xodimlar, shuningdek, talabalar faoliyati samarasini oshirish maqsadida institut miqyosida yagona axloq normalarini ta’minlash o‘ta muhimdir.

Tadbirlar institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda talabalarga  shuningdek milliy  urf-odatlarga amal qilish, o‘zaro hurmat hamda talaba mas’uliyati haqida ham so‘z yuritildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova


Dori turlari texnologiyasi hamda Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedralari xamkorlikda integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

$
0
0

2018-yil 4-oktabrda Farmatsiya fakulteti 5-kurs yevro oqim talabalari uchun «Kosmeticheskie sredstva, ispolzuemie v kosmetologicheskoy praktike, ix xarakteristika, klassifikatsiya, trebovaniya, pred’yavlyaemie k nim, ispolzuemie vspomogatelnie veshestva» va «Patologii koji» mavzularda integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

     

Ma’ruza Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti G.M.Tureyeva va Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti N.V.Shilsova  tomonidan o‘qildi.

    

Farmasevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari DTT kafedrasining filialida olib borilmoqda

$
0
0

2018-yil 3-oktabr kunidan boshlab Toshkent farmasevtika instituti Dori turlari texnologiyasi kafedrasi “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Suvli ajratmalar, Qaynatmalar tayyorlash va unga dori moddalarni qo‘shish” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini “Afsonak 63” xususiy dorixonasida DTT kafedrasining filialida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur mashg‘ulot institut farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301A-guruh talabalari DTT kafedrasi v/b dotsenti boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida qaynatmalar tayyorlash texnologiyasi va unga dori moddalarni qo‘shish bo‘yicha talabalar tomonidan amaliy ishlar olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.

     

“Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida tanlov.

$
0
0

Toshkent farmasevtika institut talabalari o‘rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi sur’at”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov nizomi

 I.Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur tanlov – Xalq ta’limi vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Maraziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida institut talabalari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha Qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

1.2. Tanlov 3 ta nominatsiyada o‘tkaziladi:  “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovga institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

1.3. Tanlov institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi, fakultet dekanlari hamkorligida tashkil etiladi.

 II.Tanlovning maqsadi va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mutahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni o‘z iqtidorlarini va ijod maxsullarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdan iborat.

2.2. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

– yoshlar huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish ;

– yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini  kamol toptirish ;

– ijodkor yoshlarni izlab topish,ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ;

-yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

– ta’lim tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berishga erishish;

– yoshlarning korrupsiyaning salbiy oqibatlaridan xabardor etish va ushbu illatga nisbatan murosasizlikni vujudga keltirish.

III.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.

3.1. “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, ”Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovning xududiy bosqichlari Oliy va o‘rta maxsus ta’limning ichki buyrug‘i asosida xududiy boshqarmalar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy boshqarmalar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari xamkorligida o‘tkaziladi.

3.2. Tanlovda institutning (bakalavr) 1-5 kurs talabalari ishtirok etadi.

3.3. Tanlovni o‘tkazish muddatlari, joyi, taqdirlash bosqichlari hamda tanlov bilan bog‘liq boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy masalalar bilan institut rektorining buyrug‘i asosida tuzilgan ishchi guruha shug‘ullanadi ;

Shuningdek,tanlovni o‘tkazishga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi (tanlov nizomi, bukletlar va boshqalar) ;

  • tanlovning institut bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimida barcha bosqichlarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlarning ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
  • tanlovning respublika bosqichida maxalliy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlarning ko‘rgazmasi tashkil etiladi

IV.Tanlovni o‘tkazish bochqichi va muddatlari

4.1.“Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi.

Institut talabalari o‘rtasida joriy yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich – oktabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Yakuniy  bosqich – respublika bosqichi noyabr oyida o‘tkaziladi.

V.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

5.1. Tanlovning birinchi, ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, olimlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’ati tuziladi.

5.2. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar Hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir nominatsiya 1 nafar) mahalliy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning mahalliy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ( har bir tuman (shahar)dan nominatsiyalar bo‘yicha 1 nafardan) hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir nominatsiya bo‘yicha 1 nafar) respublika bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritadi.

5.3. Tanlovning yakuniy bosqichini tashkil etish va o‘tkazish Respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovning yakuniy to‘rtinchi bosqichi g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha hakamlar Hay’ati tuziladi. Xay’at tarkibiga soha bo‘yicha mutaxassisilar jalb etiladi.

VI.Hujjatlarni taqdim etish tartibi

6.1. Institut talaba – yoshlari o‘rtasida tanlovning institut  bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 1 nafardan ishtirokchilarning xujjatlari (hududiy tashkiliy qo‘mita bayonnomasi, g‘olib bo‘lgan ishtirokchining  ijodiy materiallari va 10*15 hajmdagi fotosurati (fotosuratning elektron nusxasi)  Respublika Tashkiliy qo‘mitasiga joriy yilning 5 noyabr kuniga qadar asl va elektron shaklda taqdim etiladi.

VII. Tanlovni baholash mezonlari

7.1. Tanlovga taqdim etiladigan plakatlar quyidagi mezonlarda baholanadi:

– mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball;

– plakat chizish mahorati, ranglardan to‘g‘ri foydalana olish, tasviriy san’at elementlari va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish qobiliyati – 20 ball;

– plakatdagi mantiqiylik, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va e’tiborni jalb qila olish xususiyati – 20 ball ;

– plakat mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni aks ettirish darajasi – 20 ball ;

– plakatning o‘ziga xosligi, boshqa rasmlardan ajratib turadigan jihatlari – 20 ball.

Ijodiy ish 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Taqdim etiladigan plakatlar hajmi A2 o‘lcham (format)dan kichik bo‘lmasligi lozim.

7.2. Tanlovning taqdim etiladigan eng yaxshi surat quyidagi mezonlarda baholanadi:

– mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball ;

– surat mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni aks ettirish darajasi – 20 ball ;

– mavzuni yoritishda ranglardan foydalanganlik darajasi va ijodkorlarning yoshiga mos tanlovlari – 20 ball ;

– mavzuni yoritishda o‘ziga hos ijodkorlik hususiyatlari ifoda etilganligi – 20 ball ;

– mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanganligi – 20 ball ;

Ijodiy ish 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Tanlovga taqdim etiladigan eng yaxshi surat A4 o‘lcham (format)dan kichik bo‘lmasligi lozim.

7.3. Tanlovga taqdim etiladigan “Eng yaxshi bayon” quyidagi mezonlar asosida baholanadi :

– “Eng yaxshi bayon”ning sarlavhasi – 25 ball ;

– “Eng yaxshi bayon”da mavzuni keng yoritilgani – 25 ball ;

– bugungi kunda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liqligi – 25 ball ;

– matnda yuridik terminlarning foydalanganligi – 25 ball ;

“Eng yaxshi bayon” 100 ballik tizim asosida baholanadi.

“Eng yaxshi bayon” tanlov adabiy tilda yozilishi, shevaga xos so‘zlardan foydalanishdan cheklanish, 12 varaqli yozuv daftarda yozilishi ( daftarga institut rahbariyati tomonidan muhr quyidagi lozim va 10-15 varaqdan kam bo‘lmasligi lozim.

VIII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

8.1. Tanlovning institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alari, shuningdek faol ishtirok etgan yoshlar fahriy yorliqlar bilan munosib ravishda taqdirlanadi

8.2. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar (vazirlik tizimi bo‘yicha) va homiylar mablag‘lari asosida tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik.

$
0
0

Toshkent Farmasevtika instituti Axborot resurs markazi 2018-2019 yilgi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini tugatdi. Yozgi ta’til vaqtida Axborot-resurs markazi xodimlari talabalar va o‘qituvchilar uchun kerakli o‘quv adabiyotlari va o‘quv qo‘llanmalarni ta’mirlash ishlarini olib borishdi.
Talabalar uchun yangi o‘quv yilida  beriladigan darsliklar to‘plami taxt qilib qo‘yildi.  Kompyuterlar xonasi, o‘quv zali va kitob tarqatish zali kitobxonlar uchun tayyorlab qo‘yildi. Axborot resurs markazining badiiy adabiyotlar fondi yanada xar-xil qiziqarli yangi  kitoblar bilan boyitildi.

     

Axborot resurs markazi xodimlari 2018-yil farmarmasevtika oliy o‘quv yurtiga kirishga muyassar bo‘lgan yosh farmasevtlarni o‘qishlariga omad tilaydi va Axborot resurs markaziga o‘z vaqtida a’zo bo‘lishga chorlab qoladi.

Axborot resurs markaziga marxamat.

Toshkent farmasevtika institutida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

$
0
0

Barchamizga ma’lumki, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun har bir insondan ogohlikt va hushyorlikni, atrofimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarishlarga faol fuqrolik pozitsiyasida turib munosabat bildirishni talab etmoqda. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar borki, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi. Bunday illatlardan biri yoshlar o‘rtasida buzg‘unchi g‘oyalarni paydo bo‘lishidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-martdagi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 20-sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

     

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, yoshlarni  dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bugungi kunda yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to‘g‘risida to‘xtalib talabalarga tushuncha berishdir. Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz orasida bilib bilmay o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimizdir.

     

Tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida mutaxasislar bilan savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek tadbirni Ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida “Yoshlar radiosi” dan muxbirlar kelib tadbir xaqidagi fikrlarini talabalardan olishdi.

     

Tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti professori Qirg‘izboev Muqimjon Qirg‘izboevich, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchilari X.Yo.Sagdiyev va D.R.Maxsudov hamda Toshkent shahar IIB terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi masul xodimlari Shukurov Abduvoxid Xurramovich va Saidaliyev Fayzullo G‘ulomovich  ishtirok etdilar.

     

Tadbir hamkorlari: Toshkent farmasevtika instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy  kommunikatsiya universiteti,  Toshkent shahar IIBB  hamda ommaviy axborot vositalari.

Viewing all 2731 articles
Browse latest View live


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>